Van Gal Gvardiolaning "Manchester Siti"dagi asosiy yutug'ini aytdi
24 iyu 2019 20:12
Yangiliklar


Van Gal Gvardiolaning "Manchester Siti"dagi asosiy yutug'ini aytdi
"Ayaks", "Barselona", "Bavariya", "Manchester Yunayted" va Gollandiya terma jamoasining sobiq murabbiyi Lui Van Gal "Siti" ustozi Pep Gvardiolaning muvaffaqiyati haqida gapirdi.
"Gvardiolaning "Manchester Siti" klubidagi asosiy yutug'i hujumkor futbol va yoqimli ishqibozlar hisoblanadi. Bu uslub "Ayaks" futboliga o'xshab ketadi. Lekin, "Siti"da ko'proq takomillashgan. Gvardiola o'yinni tashkil qilish bo'yicha etakchi va shogirdlari uning g'oyalarini maydonda qoyilmaqom tarzda ijro etishadi. SHu ikki yil davomida Pep o'zining hujumkor futboli orqali Angliyadagi barcha sovrinlarni qo'lga kiritdi. O'ziga hos yutuq. Endi uning asosiy vazifasi "shaharliklar"ni CHempionlar ligasi g'olibiga aylantirish", - deydi Van Gal.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar