Van Gal: "Evansning Sissega tupirmaganiga ishonaman, mavzu yopildi"
06 mar 2015 17:12
Yangiliklar


Van Gal: "Evansning Sissega tupirmaganiga ishonaman, mavzu yopildi"
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Lui van Gal "Nyukasl"ga qarshi uchrashuvda yuz bergan vaziyat haqida fikr bildirdi.
Eslatib o'tamiz, bu uchrashuvda "Manchester Yunayted" himoyachisi Jonni Evans va "Nyukasl" hujumchisi bir-biriga tupirgan. Sisse o'z aybini tan oldi va etti o'yinga diskvalifikaciya qilindi. Evans esa bu ishni qilmaganini takidladi.
"Oldin takidlaganimdek, Jonni Sissega tupirgani yo'q. So'lak sachragani bo'lishi mumkin, ammo bu insonlar orasidagi odatiy holat. U rostdan ham bu ishni qilganini tasavvur qila olmayman, u ham shu gapni aytdi, demak mavzu yopildi. FA to'g'ri qaror qabul qiladi deb o'ylayman" - deydi van Gal.

Fikrlar