Van Gal di Mariyaga shubha ko'zi bilan qarayotgani yo'q
07 fev 2015 15:19
Yangiliklar


Van Gal di Mariyaga shubha ko'zi bilan qarayotgani yo'q
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Lui van Gal "Vest Xem"ga qarshi Angliya chempionati 24-turi oldidan Anxel di Mariyaga shubha ko'zi bilan qarayotgani yo'q.
Eslatib o'tamiz, oldinroq futbolchi uyiga o'g'rilar hujum qilgan, ammo quruq qo'l bilan qochib ketishgan edi.
"U "Kembrij Yunayted" bilan o'ynashni istagan edi va men unga bu imkoniyatni berdim. Oldinroq di Mariyani bunday uchrashuvlarda maydonga tushirmaslikka qaror qilgandim, ammo Kubok o'yinida unga imkoniyat berish kerakligi haqida o'ylab qoldim. Yakshanba kuni yana shu narsa ustida bosh qotiraman. Uning o'yiniga hech qanday shubha yo'q" - deydi van Gal.

Fikrlar