Van Gal: "Di Mariya APLda bosimga dosh bera olmas edi"
27 mar 2019 16:44
Yangiliklar


Van Gal: "Di Mariya APLda bosimga dosh bera olmas edi"
"Manchester Yunayted" sobiq ustozi Lui van Gal Anxel Di Mariya, Radamel Falkao va Bastisan SHvaynshtaygerlarning ingliz klubiga o'tishi haqida gapirib berdi.
"Yaqindagina Di Mariya MYUdagi omadsizliklarida meni aybladi. Ammo uni hujumdagi barcha poziciyalarga qo'yib chiqdim. Ularning hech biri meni ishontira olmadi. Tekshirib ko'rishingiz mumkin. U APLdagi bosimga dosh bera olmadi. Muammo shunda edi.
SHvaynshtayger? Bizga sardor kerakligi uchun uni jamoaga taklif qilganman. Bastianning jarohati borligi uchun o'ylaganimiz amalga oshmadi.
Jamoada top-hujumchini ham ko'rishni istagandim. Bazida birinchi yoki ikkinchi variantni ololmasang, to'rtinchi yoki beshinchisiga ko'z yumishga to'g'ri keladi. Falkao nomzodi paydo bo'ldi, ammo u jarohatlangan ekanligini bilardik. SHu sababli uni ijaraga olish kerakligini aytganman" - deydi van Gal.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar