Van Gal Depay bilan muzokaralar o'tkazdi
24 apr 2015 15:49
Yangiliklar


Van Gal Depay bilan muzokaralar o'tkazdi
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Lui van Gal "PSV Eyndxoven" hujumchisi Memfis Depay bilan muzokaralar o'tkazdi.
Oldinroq "PSV Eyndxoven" "qizil iblislar"ning Depayga bo'lgan qiziqishini tasdiqlagan edi.
Xabarlarga ko'ra, futbolchi o'z agenti bilan Angliyaga kelgan va mavsum yakunlanganidan so'ng o'z klubini o'zgartirmoqchi. Depayga MYUdan tashqari PSJ ham qiziqish bildiryapti.
21 yoshli hujumchi Gollandiya chempionatining 27ta uchrashuvida 20ta golga mualliflik qilgan.

Fikrlar