Van Gaal: "Runining vazifasi har hafta o'zgarishi mumkin"
11 fev 2015 20:11
Yangiliklar


Van Gaal: "Runining vazifasi har hafta o'zgarishi mumkin"
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Lui van Gaal Ueyn Runining maydondagi vazifasi haqidagi savolga javob berib o'tdi.
"Runining vazifasi har hafta o'zgarishi mumkin. Barchasi vaziyatga qarab o'zgaradi. Agar Falkaoni maydonga tushirmasam "Falkao qani?" deb so'raysiz. Agar van Persi maydonda yo'q bo'lsa "Van Persi qani?" degan savolni eshitaman. SHu sababli barchasi o'yin vaqtidagi vaziyatga bog'liq", - deydi gollandiyalik murabbiy.

Fikrlar