Van Gaal "Manchester Siti"ga qarshi o'yinda derbilardagi statistikasini yaxshilab olishi mumkin
30 okt 2014 19:55
Yangiliklar


Van Gaal "Manchester Siti"ga qarshi o'yinda derbilardagi statistikasini yaxshilab olishi mumkin
"Manchester Siti" shu hafta "Manchester Yunayted"ga qarshi o'yinda maydonga tushadi.
Gollandiyalik murabbiy faoliyatida 30ga yaqin derbida ishtirok etgan. Murabbiy "Ayaks", "Barselona", "Bavariya" jamoalarida ishlagan vaqti turli derbilarda jamoasini maydonga olib tushgan. Ushbu o'yinlarda van Gaal shogirdlari etti marotaba mag'lubiyatga uchragan bo'lsalar, o'n ettita o'yinda g'alaba qozongan. Oltita o'yinda esa murabbiyning futbolchilari murosa ko'chasini tanlaganlar.

Fikrlar