Van Deyk: "Manchester Yunayted"ga qarshi bahs biz uchun eng muhimi emas"
18 okt 2019 14:34
Yangiliklar


Van Deyk: "Manchester Yunayted"ga qarshi bahs biz uchun eng muhimi emas"
"Liverpul" himoyachisi Virjil Van Deyk 9-tur doirasidagi MYUga qarshi bahs oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Bu Angliya uchun katta o'yin. O'yindan oldingi atmosfera bu o'yinni boshqalariga qaraganda muhimroq degan fikr o'yg'otadi.
Ammo, men bu o'yinni mavsumdagi eng muhimi deb o'ylamagan bo'lardim.
Eng katta bahslar CHempionlar Ligasida, shuningdek Premer-ligadagi titul uchun bo'ladigan o'yinlar deb o'ylayman", - deydi Van Deyk.
Eslatib o'tamiz, "Manchester Yunayted" va "Liverpul" o'rtasidagi bahs 20 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:30da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar