So’nggi yangiliklar

15:06"Реал" Родрини сотиб олиши мумкин  0 14:36"Ливерпуль” Эквадор терма жамоаси ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 14:03Рики Пуч тиззасидан олган жароҳати туфайли 2026 йилни ўтказиб юбориши мумкин  0 13:20Фонсека: "Эндрик 90 дақиқа ўйнашга тайёр эмас"  0 12:41"Атлетико" футболчиси Италияга йўл олмоқда  0 12:20"Нидерландияга қарши ЖЧ-1998 ярим финалида 32 кг га озганман"  6 12:00Бугунги ўйинлар: Каталония дербиси, "Селтик" — "Рейнжерс" ва бошқалар  0 11:50Тонали АПЛнинг топ клубига ўтиши мумкин  1 11:22Канселу "Барселона"га қайтмоқчи  2 10:22"Ювентус" "Атлетико" ҳужумчисига қизиқиш билдирмоқда  2 09:53"Фиорентина" "Тоттенхэм" футболчисини ижарага олди  0 09:24АПЛнинг мухлислар талқинига кўра йил рамзий термаси эълон қилинди  6 08:55Sofascore талқинига кўра топ-5 лигалардаги энг яхши футболчилардан тузилган рамзий жамоа эълон қилинди  5 08:26Роберто Карлос касалхонадан чиқди  1 07:59Sofascore. Шукуров ва Мозговой неча баҳога лойиқ кўрилди?  1

Van Deyk: “Futbolsiz yashash og'ir” Yangiliklar

Van Deyk: “Futbolsiz yashash og'ir”

“Liverpul” himoyachisi Virjil van Deyk koronavirus pandemiyasi tufayli APLdagi ikki oylik tanaffusdan keyin futbolni sog'inganligi haqida gapirdi.

“Hozir futbolsiz yashay olmasligimni 100 foiz tushunib etdim. O'z iqtidoringni namoyish eta olmasliging, mashg'ulotlarda ter to'kib mehnat qila olmaslik qiyin holat. Men o'yinlarni, muxlislarni, g'alabalarni, mashg'ulotlarni judayam sog'indim. Axir biz salkam ikki oydan buyon ushbu holatlarni his qilmayapmiz. Ayni paytda umuman kuzatilmagan hissiyotni boshimdan o'tkazayapman. Bu meni o'z ishimni yanada qadrlashim kerakligiga o'rgatayapti. Vaqti kelib faoliyatimni yakunlashim mumkinligi haqida tasavvur qildi. Albatta men hali bu haqda o'ylaganim yo'q. Ammo qachondir shu ishga qo'l urishimni eslab o'zimni g'alati his qilayapman.

Faoliyatini yakunlash futbolchi uchun nihoyatda og'ir ekanligini tushunib turibman. Keyin nima bilan mashg'ul bo'lishim haqida savollar kelib chiqadi. Yillar  davomida tinimsiz mehnat qilib, o'zing va oilang uchun barcha sharoitlarni yaratasan. Ammo vaqti kelib shunday holat bo'ladiki, nima qilishni, nimalar bilan mashg'ul bo'lishni bilmay qolasan”, deya van Deykning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Liverpool Echo.

Van Deyk 2018 yilning yanvaridan buyon “Liverpul” sharafini himoya qilib kelmoqda. Ilgariroq futbolchi “Sautgempton”, “Seltik” va “Groningen” klublari sharafini himoya qilgan.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика