"Van der Vart Inestaning JCH finalidagi g'alaba golini urganida suratda yaxshi ko'ringan". Koke Niderlaniya terma jamoasi sobiq o'yinchisining tanqidi haqida
22 iyu 2021 13:03
Yangiliklar
"Van der Vart Inestaning JCH finalidagi g'alaba golini urganida suratda yaxshi ko'ringan". Koke Niderlaniya terma jamoasi sobiq o'yinchisining tanqidi haqida
Ispaniya terma jamoasi va "Atletiko" yarim himoyachisi Koke Niderlandiya terma jamoasi sobiq o'yinchisi Rafael van der Vartning ispanlarni Evro-2020dagi o'yinlarini keskin tanqid qilganiga javob qaytardi.
"Van der Vart o'zining obro'sini xohlaydi. Men uni JCH-2010 finalida ko'rganman. Inesta g'alaba golini urgandagi rasmda van der Vart yaxshi ko'ringan.
Biz bu so'zni eslab qolamiz, ular bizga motivaciya qo'shadi. Biz ularni chop etib, kiyim almashtirish xonasidagi devorga ilmaymiz, ammo Niderlandiya bilan o'ynasak, buni esga olamiz", - deydi Koke.
Eslatib o'tamiz, oldinroq Van der Vart Ispaniyani yomon manoda "dahshatli" o'yinini aytgan va ularning paslarini tanqid qilgan edi.
Qayd etish kerakki, "qizil furiya" aynan shunday uslub bilan o'ynab, JCH-2010 finalida Van der Vart va uning jamoasini mag'lub etgan.
- Bu esa Koke aytgan JCH-2010 finalidagi vaziyat
Fikrlar