Van der Vaart "Atletiko" nega Feliksga to'g'ri kelmasligini aytdi
03 fev 2020 14:46
Yangiliklar


Van der Vaart "Atletiko" nega Feliksga to'g'ri kelmasligini aytdi
"Real" sobiq o'yinchisi van der Vaart "Atletiko"ning portugaliyalik o'yinchisi Joau Feliksning og'ir holati haqida gapirdi.
Dunyoning eng qimmat futbolchilaridan biri Madridda o'ynamoqda. Van der Vaartning aytishicha, Simeone butunlay hujumkor futbolni unutgan, shu sabab bu jamoada rivojlanish bo'lmayapti.
"Joau Feliks - ajoyib o'yinchi, ammo u o'ziga mos klubda emas. U bilan shartnoma imzolashganida, jamoada katta o'zgarishlar bo'ladi deb o'ylagandim. Hozir esa ular futbol o'ynashdan to'xtashgan.
Bunday o'yinchi atrofida jamoani yaratish kerak. Hozir Feliks o'ziga mos bo'lmagan klubda va murabbiyda.
Eslatib o'tamiz, "Atletiko" Feliks uchun "Benfika"ga 126 million evro to'ladi. U La Ligadagi 17ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urishga erishdi. Futbolchi hozirda jarohat olgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar