Van de Bek Mino Rayolaning xizmatlaridan voz kechdi
27 okt 2021 11:00
Yangiliklar
Van de Bek Mino Rayolaning xizmatlaridan voz kechdi
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Donni van de Bek agenti Mino Rayola bilan ishlashdan bosh tortdi.
Rayola 24 yoshli niderlandiyalik futbolchiga hozirgi klubidan ketishga yordam berishni taklif etdi, ammo futbolchi buni rad etdi.
Ayni damda van de Bekka uning "Ayaks"dagi sobiq jamoadoshi Frenki de Yong hamkorlik qiladigan HCM Sports Management agentligi xizmat ko'rsatmoqda.
26 oktyabr kuni van de Bek "Manchester Yunayted"dan tezroq ketish uchun agentini o'zgartirmoqchi ekanligi malum bo'lgandi.
Fikrlar