Van-Bissakaning MYUga o'tishi aniq bo'ldi
26 iyu 2019 17:15
Yangiliklar


Van-Bissakaning MYUga o'tishi aniq bo'ldi
"Kristal Pelas" himoyachisi Aaron Van-Bissaka "Manchester Yunayted"ga o'tadi.
Mankunianlar Van-Bissaka transferi bo'yicha 55 million funtlik kelishuvga erishdi. O'yinchi MYUdan haftasiga 90000 funt maosh oladi.
Xabar berilishicha, "Manchester Yunayted" tez orada Van-Bissakaning transferini elon qiladi.
21 yoshli o'ng qanot himoyachisi yakunlangan mavsum APLda 35ta o'yin o'tkazdi.
Angliyalik futbolchi "Kristal Pelas" akademiyasiga 2008 yilda kelgan. Oradan o'n yil o'tib esa klubning asosiy jamoasida harakat qilib kelmoqda.
Aaron 2015 yilda Kongo DR ning 20 yoshgacha bo'lgan jamoasida o'yin o'tkazgan. O'tgan yildan etiboran Angliyaning U-20 va U-21 terma jamoasida harakat qilmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar