Van-Bissaka Ispaniyaga yo'l olishi mumkin
09 may 2022 10:16
Yangiliklar


Van-Bissaka Ispaniyaga yo'l olishi mumkin
"Atletiko" "Manchester Yunayted" himoyachisi Aaron Van-Bissakaga qiziqmoqda.
Madrid klubi yozda shartnomasi yakunlangandan so'ng jamoadan ketadigan SHime Vrsalkoga o'rinbosar izlamoqda. "Qizil iblislar" 24 yoshli himoyachi bilan xarid qilish huquqi mavjud bo'lgan ijara bitimi tuzishga tayyor, u bo'lajak murabbiy Erik ten Xagning rejalariga kirmaydi.
Futbolchining Angliya klubi bilan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. U jamoada 2019 yilning iyulidan beri o'ynaydi.
Van-Bissaka joriy mavsum barcha musobaqalarda 26ta o'yinda maydonga tushdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar