So’nggi yangiliklar

11:58Бобоси томонидан исми ўзгартирилган, волейбол терма жамоасига чақирилган ҳамда ўзбекистонлик мутахассис кашф этган Сардор Азмун билан яқиндан танишамиз  0 11:38Ўзбекистон терма жамоасининг Эрон билан ўйин учун тахминий таркиби  9 11:23"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 11 ёшли Сойибов Комроншоҳ  0 10:58"Реал Мадрид"нинг келаси ёздаги асосий трансфер мақсади маълум  2 10:27Goal нашри тен Хаг давридаги МЮнинг энг яхши трансферлар рейтингини тузиб чиқди  4 09:55Кевин де Брюйненинг навбатдаги клуби деярли маълум  2 09:29"Барселона" ҳали ҳам Левандовски трансфери бўйича еттита клубдан қазрдор  7 09:00Жаҳон чемпионати учинчи саралаш босқичининг муҳим ўйинлари олдидан ЎФА президенти Абдусалом Азизов миллий жамоа билан учрашди  6 08:26Греция терма жамоаси аъзоси уйидан ўлик ҳолда топилди  0 08:00ЖЧ саралаш. Бугун терма жамоамиз Эронга қарши баҳс олиб боради  34 00:35Жюль Кунде терма жамоа йиғинларидаги образи бўйича бирдирилган танқидларга жавоб берди  4 23:55Иньеста "Барса" ва "Реал" рақобати чўққига чиққан пайтда Испания термасидаги муҳит ҳақида гапирди  1 23:26Эрлинг Холанд Габриэлнинг бошига тўп улоқтирганидан афсусланмаслигини айтди  2 22:38Эрон терма жамоасининг Ўзбекистонга қарши ўйин олдидан ўтказган машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  12 22:19Дисквалификация муддати қисқарган Поль Погбанинг "Ювентус"даги келажаги аниқ бўлди  3

Van Bastenning ispaniyalik vorisi Yangiliklar

Van Bastenning ispaniyalik vorisi

Uning noyob iqtidori Valeriy Karpinni hayratga solgan. Visente Del Boske esa uni ispan futboli tarixidagi eng noyob iqtidor sohibi, deb atagandi.

U shunchaki gollarni emas, balki chinakam shedevr gollarni uradi. U Ispaniyaning Marko van Basteni! deyishadi mahalliy muxlislar Realning hujumkor yarim himoyachisi Marko Asensio haqida. Lekin nima uchun hech qachon ispan klublarida to'p surmagan, faqat bir marta - 1989 yili Milan tarkibida Realni ECHK yarim finalida mag'lub etgan Markoni van Bastenga qiyoslashadi?

CHunki Markoning onasi gollandiyalik, Rotterdamda tug'ilgan. Farzandiga esa Gollandiyadagi eng mashhur futbolchining nomini bergan. SHu sababli o'tgan yili sentyabrda terma jamoaning Evro-2016 turniridan chetda qolganidan ranjigan Gollandiya futbol federaciyasi yosh Markoga taklif jo'natgandi. SHaxsan Ruud van Nistelroy Asensio bilan bog'lanib, Gollandiya terma jamoasi sharafini himoya qilish haqida o'ylab ko'rishini so'ragandi. Nistelroy Ispaniyada gol-odam unvoniga sazovor bo'lgan, Realning nomdor hujumchisi sifatida yuksak nufuzga ega shaxs edi.  Asensiolar oilasi esa azaldan qirollik klubiga muxlislik qilardi.

Biroq Marko ona yurti vakillarining taklifini rad etib, Segundada to'p surib yurgan davridayoq qatiy qarorini elon qildi: Mening jamoalarim - Real va Ispaniya termasi!

SHu sababli 2016 yil mayda Barselona, Real hamda Atletiko klublari ECHL va qirol kubogi musobaqalarining finaliga hozirlik ko'rayotganlarida Visente Del Boske Markoni terma jamoaning Evro arafasidagi yig'iniga taklif etdi.

Ispaniyada milliy jamoani La-Roxa, yoshlar terma jamoasini esa La-Roxita deb atashadi. Asensio shu jamoada 2012 yildan buyon to'p surib, 2015 yili 19 yoshgacha bo'lgan yoshlar termasi bilan Evropa chempionligini qo'lga kiritgandi. Futboldagi qismati o'xshash bo'lgan Borxa Mayoral va Xesus Valexo bilan yonma-yon to'p surdi. Bu futbolchilar ham Real azolari, faqat hozirda bundesliganing Volfsburg va Ayntraxt klublarida ijara muddatini o'tashmoqda. Marko ham Madriddan munosib o'rin olish uchun mashaqqatli ijara sinovlaridan o'tishga majbur bo'ldi. Marko Balear orollarining bosh jamoasi - Malorkaga 11 yoshida kelib, 6 yildan so'ng asosiy tarkibdan joy olgandi. Keyingi 2,5 yil ichida futbolchi Malorka libosida 56 marta maydonga tushib, 7ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. Transfer bahosi 3,5 mln. evroga ko'tarildi. Mana shu yutuqlarda rossiyalik murabbiy Valeriy Karpinning ulushi ham yo'q emas. Madriddagilar esa qachondir Asensioning poytaxtga kelishiga shubha qilishmasdi. 2014 yil dekabrda Marko Real bilan shartnoma tuzishga erishdi. Barselona ham Asensioni mo'ljallab yurgani bois, ikki grand o'rtasida noyob iqtidor sohibi uchun o'ziga xos El-klassiko bo'lib o'tdi. Kataloniya klubi sport direktori Antoni Subisarreta Malorkadagi kasbdoshi va sobiq jamoadoshi Migel Anxel Nadalning ko'magiga umid bog'lagandi. Biroq Marko o'z qarorini o'zgartirmadi. Real esa azaliy raqibining ichini kuydirish maqsadida yosh futbolchini Espan­olga ijaraga yubordi. Marko aynan Barselona zaminida ulg'ayib, kuchga to'ldi. Mavsum davomida 10ta samarali uzatmani amalga oshirib, o'tgan mavsum eng yaxshi assistentlar orasidan o'rin oldi. Markodan yuqoriroq o'rinlarni Messi, Suares, Koke, Neymar va Ronaldu band etishdi. Markoning Krishtianu bilan jamoadosh bo'lishiga oila azolari shubha qilishmasdi. CHunki u bolaligidan faqat Santyago Bernabeuda to'p surishni orzu qilgandi. Hatto klub hujjatlarida ham uning Real libosidagi fotosurati turibdi. Aynan shu sababli ham yosh madridchi ikki marta Xosep Gvardiolaning Bavariyadan yo'llagan taklifini rad etdi.

SHu yilning avgustida Asensio Realdagi ilk golini urdi: Tronxeymdagi mo'jazgina stadionda Evropa superkubogi uchun Sevilyaga qarshi bahsda Serxio Riko darvozasini ishg'ol etdi. SHimoliy Amerikadagi mashg'ulotlar va ko'rgazmali o'yinlardan keyin Zayniddin Zidan Asensioning asosiy jamoadan hech qaerga ketmasligini alohida takidladi. Vaholanki, ayni payt qirollik klubining hujumkor yarim himoyachilari chizig'ida o'ta kuchli raqobat yuzaga kelgan. Bular - Toni Kroos, Luka Modrich, Isko, Xames, shuningdek, Lukas Vaskes va Markos Lorentedek yosh iqtidor sohiblari. Biroq bu holat ham Markoni tanlagan yo'lidan qaytara olmadi.

Asensio La Liganing 8ta uchrashuvidan 7tasida ishtirok etdi, 4 marta boshlang'ich tarkibda maydonga tushib, 2ta gol muallifiga aylandi. Uchta durangdan keyin ham Realning etakchilikni o'zida saqlab qolishiga munosib hissa qo'shdi. qo'shimchasiga, Legiya darvozasini zabt etish orqali ECHLdagi gollari hisobini ham ochdi. Bundan bir necha yil muqaddam Malorkada jajji Markoni etaklab olgan otasi Florentino Peresga duch kelgan va unga shunday degandi: Senor Peres, bu mening o'g'lim Marko. qachondir u sizning klubingiz azosiga aylanadi. Endi esa prezident uni olqishlamoqda: Marko o'zining ulkan iqtidori bilan klubimiz azosiga aylandi!.

O'.UMAROV tayyorladi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика