Van Basten “Atletiko”ning o'yini haqida: “Boshqa kanalga o'tkazish oqilona qaror bo'ladi”
12 apr 2022 09:30
Yangiliklar


Van Basten “Atletiko”ning o'yini haqida: “Boshqa kanalga o'tkazish oqilona qaror bo'ladi”
Niderlandiya TJ sobiq azosi Marka van Basten CHempionlar Ligasi 1/4 finalida “Atletiko”ning “Man Siti”ga (0:1) qarshi o'yinda qo'llagan “5-5-0” o'yin uslubi haqida fikr bildirdi.
“Atletiko” qilayotgan ishi qonuniy, bunga ruxsat bor, ammo 10 futbolchi 90 daqiqa davomida o'z maydonida o'ynab, shunchaki gol o'tkazib yubormaslikka harakat qiladigan jamoa borligiga hayronman.
FIFAdek tashkilot futbolni tomoshabop qilishni o'ylashi kerak. Bunday o'yin uslubi bilan futboldan zavq ololmaysiz. Kanalni o'zgartirish yoki Netflix'ni tomosha qilish oqilona qaror bo'ladi. Bunday taktikani faqat murabbiy tanlaydi, Feliks va Grizmann kabi futbolchilarning 90 daqiqa davomida himoyada o'ynashini ko'rish juda ham yoqimsiz”, deydi van Basten.
O’xshash yangiliklar
04:01
Pep Gvardiola "Tottenxem"ga qarshi o'yindan keyin Husanov haqida juda iliq fikrlar bildirdi 21

Fikrlar