"Valyadolid" 2014 yildan beri ilk bor "Barselona"ni mag'lub etdi
24 may 2023 08:05
Yangiliklar
"Valyadolid" 2014 yildan beri ilk bor "Barselona"ni mag'lub etdi
Kecha "Valyadolid" La Liganing 36-turida "Barselona"ni 3:1 hisobida taslim etdi.
Bu g'alaba "Valyadolid" uchun 2014 yildan beri kataloniyaliklar ustidan qozonilgan ilk g'alaba bo'ldi. O'shanda "Valyadolid" raqibini 1:0 hisobida mag'lub etishni uddalagan. Bu vaqt oralig'ida jamoalar etti marta to'qnash kelishgandi va barcha uchrashuvda "Barselona" g'alaba qozongan.
SHuningdek, "Barselona" ushbu mavsumda birinchi marta La Liga bahslarida qatorasiga ikkinchi uchrashuvda mag'lub bo'ldi. Kataloniyaliklar o'tgan turda "Real Sosedad"ga mag'lub bo'lishgandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar