Valverde Vidal borasida qaror qabul qildi
03 jan 2020 23:31
Yangiliklar


Valverde Vidal borasida qaror qabul qildi
"Barselona" bosh murabbiyi Ernesto Valverde yarim himoyachi Arturo Vidalning jamoani tark etishi bilan bog'liq vaziyatga izoh bildirdi.
"Vidalga to'lanmagan bonuslar? Men shartnomaning bu bandi boshqa jihatlarga tasir qilishiga ishonmayman. Vidal yaxshi shug'ullanyapti, ammo klub bilan birdamlikda mashg'ulot o'tashi kerak. Bunday vaziyatga birinchi bor duch kelayotganim yo'q va hech qanday muammoni ko'rmayapman. Jamoa bilan eng maqbul echimni topamiz", — Valverdening so'zlaridan iqtibos keltirdi "AS".
"Karles Alenya "Betis"ga ketgach, qishki transfer mavsumida jamoani hech kim tark etmasligini aytganman", — qo'shimcha qilgan kataloniyaliklar ustozi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar