Valverde terma jamoasiga chaqirilmagan o'yinchilar bilan mashg'ulot o'tkazmoqchi bo'ldi, ammo hech kim kelmadi
22 mar 2019 21:47
Yangiliklar
Valverde terma jamoasiga chaqirilmagan o'yinchilar bilan mashg'ulot o'tkazmoqchi bo'ldi, ammo hech kim kelmadi
"Barselona" bosh murabbiyi Ernesto Valverde xalqaro o'yinlar sabab yuzaga kelgan tanaffusda mashg'ulot o'tkazmoqda.
Asosiy jamoa futbolchilariga bir haftalik dam berilgan edi. "Record"ning malum qilishicha, 55 yoshli ispaniyalik terma jamoasiga chaqirilmagan o'yinchilarga qo'ng'iroq qilgan va kim istasa mashg'ulotga kelishi mumkinligini aytgan.
Xabar qilinishicha, mashg'ulot dushanba kuni ham, seshanba kuni ham o'tkazilmagan. CHunki, o'yinchilardan hech biri unga kelmagan.
"Ko'k-anorranglilar" tarkibida Kevin-Prins Boateng (Gana), Kleman Langle (Franciya) va Malkom (Braziliya) o'z milliy jamoalariga chaqirilmagan. Jerar Pike esa Ispaniya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlagan.
Fikrlar