Valverde "Barselona"dagi kelajagi haqida: "Menga baribir"

Aslanov Jasurbek
22 okt 2018, 10:58
"Barelona" bosh murabbiyi Ernesto Valverde klubni tark etishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi.

"Barselona"dagi kelajagim men uchun ahamiyatga ega emas, menga baribir. Bor e'tiborim navbatdagi bahslarga qaratilgan. Jamoa atrofida mish-mishlar ko'pligi normal holat. Bu bilan hech narsa qila olmaysiz" - deydi ispaniyalik mutaxassis.

"Barselona" ayni damda LaLiga turnir jadvalida peshqadam bo'lib turibdi. Kataloniya klubi 9-turda "Sevilya"ni 4:2 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.

Ernesto Valverde 2017 yilning 29 mayida "Barselona" bosh murabbiyi sifatida e'lon qilingan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal