So’nggi yangiliklar

18:41Расман: Пўлатхўжа Холдорхонов энди "Андижон" футболчиси!  0 18:27"Манчестер Сити" яна бир ҳимоячисини йўқотди  3 18:14Ўзбекистон Кубоги-2026 мусобақаси 1/2 финал ва финал ўйинлари марказлашган ҳолда ўтади  1 17:50Расман: Мбаппе Испания Суперкубогини ўтказиб юборади  2 17:34Расман: "Навбаҳор" Усмонов трансферини эълон қилди  4 17:20"Хоразм" мураббийи Сергей Токов: "Жаҳон ва Осиё чемпионатларига мослашиб ишлаш — мураббийларнинг тақдири"  0 16:58Гвардиол: "Бу оғир дам, лекин у мени ҳеч қачон синдира олмайди"  2 16:35Расман: Шуҳрат Муҳаммадиев "Локомотив"га қайтди  2 16:21Инсайд тасдиқланди: Озарбайжон клуби Раҳмоналиевни сотиб олди  1 16:01Расман: "Челси"га янги бош мураббий тайинланди  8 15:31Ўзбекистонлик ҳакамлар U-23 Осиё Кубоги 1-тур ўйинига тайинлов олди  0 15:27Аббос Отахонов: “Иложи борича юқори ўринлар учун курашамиз”  1 15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  7 14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  0 14:30Равшан Ҳайдаров: "Ёш таркиб билан иштирок этишимизга қарамай, мен жамоамизга ишонаман"  10

Valijon Rahimov: Katanec birinchi navbatda tartib-intizom bo'lishi kerakligini talab qilmoqda Yangiliklar

Valijon Rahimov: Katanec birinchi navbatda tartib-intizom bo'lishi kerakligini talab qilmoqda

Teglar :  Valijon RahimovAGMK
Ayni paytda O'zbekiston milliy jamoasi safida Iorlaniyada o'tayotgan yig'inda qatnashayotgan iqtidorli darvozabon Valijon Rahimov bilan uyushtirilgan suhbatni etiboringizga taqdim qilamiz.

- Valijon, Iordaniyada o'tayotgan yig'in taassurotlari qanday?
- Katanec boshqaruvidagi ikkinchi yig'in ko'tarinki ruhda o'tmoqda. Iordaniyada o'tayotgan yig'inda murabbiylar asosan terma jamoaning o'yin uslubi qanday bo'lishini tushuntirishga harakat qilib nazariy va amaliy mashg'ulotlar o'tishmoqda.

- Katanec ko'proq nimalarga etibor qaratmoqda?

- Katanec birinchi navbatda maydonda ham va uning tashqarisida ham tartib-intizom bo'lishi kerakligini talab qilmoqda. O'rtoqlik o'yinlariga jiddiy qarab, milliy jamoada har bir bahsga oxirgi o'yinga tushgandek harakat qilishni talab qilmoqda. Mashg'ulotlarda barcha futbolchilar alo kayfiyatda chin dildin shug'ullanishmoqda.

- Xonadoshingiz kim?

- Eldorbek Suyunov.

- Mashg'ulotlardan bo'sh vaqtni qanday o'tkazyapsiz?

- Ochig'i, deyarli bo'sh vaqt yo'q. Ertalab nazariy mashg'ulot bo'lsa, tushdan so'ng amaliy mashg'ulotga ketamiz. Mashg'ulotdan qaytgach esa tiklanish jarayonlari bilan band bo'lamiz.




- Valijon Rahimov talqini bo'yicha ayni paytda eng kuchli 3 nafar darvozabonlar kimlar?

- Fikrimcha, Noyer, Alisson va Oblak.

- Muxlislarni qiziqtiradigan savol: Valijon qaysi jamoaga muxlislik qiladi?

- Yoshligimdan «Real» jamoasiga muxlisman. Otam esa «Barselona» muxlisi. Bu ikki jamoa to'qnash kelganda bizning xonadonda ham Ispaniyada qolishmagan holda «El klasiko» muhiti ruy beradi.

- AGMK jamoasidagi eng quvnoq futbolchi kim?

- Mirg'iyos Sulaymonov va Sanjar SHoahmedov.

- Bo'lajak o'yinlarda omad va sizning milliy terma jamoa safidagi debyutingizni kutib qolamiz. Muhimi, jarohatlarsiz AGMK jamoasi ixtiyoriga salomat holda qaytishnigizni tilab qolamiz.

- SHu fursatdan foydalanib AGMK jamoasi ahil oilasiga salom yo'llab qolaman.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика