Valentin Kovalenko Eron - Janubiy Koreya o'yinini boshqaradi

Narzulla Saydullayev
16 noya 2014, 18:51
FIFA referisi Valentin Kovalenko boshchiligidagi o'zbekistonlik hakamlar brigadasi 18 noyabr kuni Tehron shahrida bo'lib o'tadigan Eron va Janubiy Koreya terma jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvini boshqaradi.
Eron Futbol Federatsiyasi mazkur uchrashuvni boshqarib borish uchun o'zbekistonlik hakamlar brigadasini taklif qilgan. Tehron shahrida bo'lib o'tadigan uchrashuvda Kovalenkoga qanotlarda FIFA laynsmenlari Mamur Saidqosimov va Alisher Usmonovlar yordam berishadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com