"Valensiya" xavbeki Gedesh "Zenit"ga o'tishni xohlamadi
26 iyu 2021 07:53
Yangiliklar
"Valensiya" xavbeki Gedesh "Zenit"ga o'tishni xohlamadi
"Valensiya" yarim himoyachisi Gonsalu Gedesh "Zenit"ning taklifiga qaramasdan, Rossiyaga yo'l olishni xohlamadi.
Piterliklar 24 yoshli portugaliyalik futbolchiga uch yillik shartnoma va yiliga 2,2 million evrolik bitim taklif qilishdi.
O'yinchiga shuningdek "Fiorentina", "Sevilya" va "Vilyarreal" klublari qiziqmoqda. Agar "Zenit" taklifni kuchaytirsa ham, Gedeshning RPLda to'p tepish niyati yo'q.
Futbolchi o'tgan mavsum "Valensiya" tarkibida 34ta o'yinda maydonga tushib, 7ta gol va 7ta assist qayd etdi.
Fikrlar