"Valensiya" prezidenti "Atletik" bilan o'yindagi hakamning kechirim so'rashini talab qilyapti
10 apr 2015 16:43
Yangiliklar


"Valensiya" prezidenti "Atletik" bilan o'yindagi hakamning kechirim so'rashini talab qilyapti
"Valensiya" rahbariyati, futbolchilari va murabbiylar shtabi "Atletik"ka qarshi uchrashuvda hakamning qaroridan norozi.
"Ko'rshapalaklar" safidagilarning hisoblashicha, Fernando Teyshera Vitenes o'zining xatolari bilan jamoani g'alabadan mahrum qildi. O'yin 1:1 hisobida yakunlandi, "Valensiya" esa 90 daqiqagacha hisobda oldinda edi. 82 daqiqada Vitenes Otamendini qo'pol o'yin ko'rsatgani uchun chetlatdi va "Valensiya" prezidentining hisoblashicha, bu xato va Adurisning 90 daqiqada urgan goli ham ofsayddan urilgan.
"Vitenes kechirim so'rashi kerak. Aduris gol urganida ofsayd bor edi. Bu biz bilan va boshqa jamoa bilan qaytarilmaydi" - deydi klub prezidenti.

Fikrlar