"Valensiya" bosh murabbiyi: "Men dunyodagi eng baxtli insonman"
26 may 2019 10:10
Yangiliklar


"Valensiya" bosh murabbiyi: "Men dunyodagi eng baxtli insonman"
"Valensiya" bosh murabbiyi Marselino Garsiya Toral Ispaniya Kubogi finalida "Barselona" ustidan qozonilgan g'alaba haqida gapirdi.
"Bu mening birinchi sovrinim. Hozirda men dunyodagi eng baxtli insonman. Bu faoliyatimdagi eng shirin onlar. Juda xursandman. Futbolchilarimga, murabbiylar shtabiga, klubning barcha xodimlari va o'z oilamga rahmat aytaman.
Yakunlangan mavsum ajoyib o'tdi. Ha, mavsumni yaxshi boshlay olmadik. Ammo muxlislarning qo'llab-quvvatlashi sababli finalgacha etib keldik. Aynan ular sababli men ham ilk sovrinimni yutdim", - dedi Marselino.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar