So’nggi yangiliklar

16:11Ўзбекистон терма жамоаси амалдаги Жаҳон чемпионига қарши ўйнайди  2 15:29Расман: "Навбаҳор" ёзда 7 футболчини ўз сафига қўшиб олди  9 14:57"Мен ҳамон МЮ билан АПЛ ва ЕЧЛни ютишни орзу қиламан"  4 14:32Англия терма жамоаси футболчиси тез орада "Атлетико"га ўтади  1 13:33Гвардиола: "Улар бизга муаммо туғдиришди"  1 13:04"Челси" яна бир дарвозабонга пул сарфлади, энди уларда 7 нафар посбон бор  4 12:27Суперлига. Андижондаги марказий ўйинни ким бошқаради? 14-турнинг дастлабки 3 ўйини ҳакамлари маълум  2 11:59ОЧЛ тугатилди, энди янги мусобақа кўрамиз  21 11:26Ўзбекистон делегациясига Футзал Жаҳон чемпионати-2024 кубогини топшириш маросими бўлиб ўтди  4 10:56"Локомотив" эртага янги ўйинчиларни таништиради  1 10:45«Барселона» узоқ вақт қизиққан футболчисининг трансферидан воз кечди  3 10:11«Фулҳэм» «Арсенал» футболчиси учун рекорд миқдорда пул тўлайди  4 09:43«Ал Садд» «Монако» футболчисини сотиб олди  2 09:15Sofascore. Кечаги учрашув учун Ўзбекистон ОТЖ футболчилари қандай баҳоларга лойиқ кўрилди?  15 08:47«Қўқон-1912» сардори фаолиятини бошқа бир Про лига жамоасида давом эттиради  1

Vagner Lav yodingizdami? Uning hayoti haqida batafsil... Yangiliklar

Vagner Lav yodingizdami? Uning hayoti haqida batafsil...

Vagner Silva de Souza 1984 yil 11 iyun sanasida Braziliyaning eng yirik shahri Rio de Janeyroda dunyoga kelgan.
Yoshligidan to'pga mehr qo'ygan Vagner 8 yoshligidan Braziliyadagi qator futbol maktablariga qatnab yuradi. Futbol to'garaklarida murabbiylarga o'zini har jabhada ko'rsata olgan Vagner 16 yoshida Braziliyaning 1-ligasida (B Seriyada) ishtirok etayotgan “Palmeyras” klubi bilan o'zining ilk Professional shartnomasini tuzadi.


 
Vagner Lav 2000 yildan etiboran "Palmeyras"ning yoshlar jamoasi safida harakatlana boshladi. U 2002 yilda yoshlar o'rtasidagi “San Paulo” shtati chempionatida 32 ta gol urishga muvoffaq bo'ladi va 2003 yildan “Palmeyras” jamoasining asosiy tarkibida maydonga tusha boshlaydi. Asosiy jamoadagi ilk mavsumdayoq Vagner 19 ta gol bilan Braziliyaning B seriyasida to'p urarga aylanadi va bu bilan jamoasining yuqori divizioniga chiqishga o'z xissasini qo'shadi. Albatta, Vagner Lavning bunday muvaffaqiyatlari Braziliya yoshlar terma jamoasi murabbiylarining etiboridan chetda qolmaydi va Vagner ana shu yildayoq Braziliya yoshlar terma jamoasidan chaqiruv qog'ozi oladi. Braziliya yoshlari safida Vagner “Panamerika o'yinlari” ning futbol musobaqasida kumush medal sohibiga aylanadi. Vagner Lav jamoasi bilan Braziliyaning yuqori diviziyoniga chiqqanidan keyin ham “Palmeyras” safida ketma-ket gollar kirita boshlaydi. Tabiiyki, Vagner o'zining sermahsul o'yinlari bilan ko'plab evropalik skautlarning etirofiga sazovor bo'ladi.

Vagner Lavga talabgor jamoalar orasida Rossiyaning ana shu vaqtdagi birinchi raqamli jamoasi CSKA abjirroq chiqadi va braziliyalik yosh istedodni 6 million dollardan ziyodroqqa xarid qilishga erishadi.

 

2004 yil  4 avgust UEFA CHempionlar Ligasi saralash boshqichi. CSKA va Bokuning “Neftchi” jamoalari o'rtasidagi bahsning 45-daqiqasida Vagner Lav zaxiradan maydonga tushadi va 72 daqiqada o'zining CSKA va UEFA CHempionlar ligasidagi debyut golini kiritadi. Oradan o'n kun o'tib esa Vagner Rossiya Premer Ligasi doirasida “SHinnik” jamoasiga qarshi bahsda CSKA ning asosiy tarkibida maydonga tushadi. Bu Lav uchun Rossiya chempionatidagi debyut bahsi edi.

Umuman olganda, bu yoshgina Braziliyalikning “armiyachilar” safidagi faoliyati favqulotda omadli chiqib qoladi. Vagner Lav CSKA safida tinimsiz gollar urishni boshlaydi. Lav CSKA ning hujum chizig'ida yaqqol etakchiga aylanadi. Super fintlar, ajoyib dribbling, qoyilmaqom tezlik tufayli Vagner Lav qisqa vaqt davomida Rossiyadagi eng mashhur futbolchilardan biriga aylanadi. Tabiiyki, Vagner Lavning Rossiyadagi muvaffaqiyatlarining dovrug'i Braziliyagacha taraladi va Vagner Lav Braziliya milliy terma jamoasiga jalb etiladi.2004 yil Peruda bo'lib o'tgan Amerika kubogida Vagner Lav Kosta-Rikaga qarshi bahsda milliy terma jamoa safida o'zining debyut uchrashuvini o'tkazadi.

 

Vagner Lav CSKA ga o'tganiga bir yil bo'lganidan so'ng, yani 2005 yilda jamoasi bilan UEFA Kubogini qo'lga kiritadi. Ana shu yilning o'zidayoq CSKA Rossiya chempioniga aylanadi va 2006 yilda ham Rossiya chempionligini xech kimga bermaydi. Braziliya MTJga Dunga bosh murabbiy etib tayinlanganidan so'ng Vagner Lav yana Braziliya milliy terma jamoasida maydonga tusha boshlaydi. Braziliya Milliy terma jamoasida bir qancha o'rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushib gol urishni uddalagan Vagner Lavni Braziliya bosh murabbiyi 2007 yilda Venesueladagi Amerika Kubogiga boradigan tarkibga kiritadi. Vagner Lav musobaqa davomida qator bahslarda maydonga tushadi. Jumladan, CHili bilan bo'lgan bahsda gol urgan Vagner Argentina bilan bo'lib o'tgan final o'yinida golli pas amalga oshiradi, shu bahsda Braziliya Argentinani 3:0 hisobida mag'lub etadi va chempionlikni qo'lga kiritadi. 2007 yilda Amerika kubogida qo'lga kiritilgan chempionlik Vagner Lav uchun ikkinchisi edi. Bu vaqtga qadar Vagner 2004 yilda Peruda bo'lib o'tgan Amerika Kubogida ham chempion bo'lgan edi. Vagner Lav CSKA jamoasi safida o'zining shaxsiy natijalarini yildan-yilga yaxshilab boradi: Jumladan, 2004 yilda CSKA safida 13 ta gol urgan Vagner Lav 2008 yilda 29ta golni raqib darvozasiga joylab qo'yadi.UEFA Kubogi 2008-2009 yilgi mavsumda UEFA Kubogida eng yaxshi to'purarga aylanadi. CSKAda Vagner uchun omad har tomonlama kelayotgan bo'lsada, biroq Braziliya MTJ dan Vagner Lav endi chaqiruv qog'ozini olmayotgan edi. Vagner Lav 2004-2007 yillar mobaynida Braziliya milliy terma jamoasi safida 20ta bahsda maydonga tushdi va Uels, Gana, CHili, Ekvador kabi raqiblar darvozasiga gol urdi. Bu natijalar Braziliya MTJ bosh murabbiyi Dungani qanoatlantirmas edi, shuning uchun 2007 yil 21 noyabrda Urugvayga qarshi kechgan bahsdan so'ng Dunga Vagnerni boshqa terma jamoa yig'inlariga jalb etmay qo'ydi.

2009 yilning avgustida Vagner Lav oilaviy sharoiti va MTJ murabbiylarini diqqat markazida bo'lib, Braziliya safida ko'proq maydonga tushish istagi bilan o'zining sobiq jamoasi “Palmeyras”ga ijara shartnomasi asosida ko'chib o'tdi.

 

Vagner Lavning “Palmeyras”dagi faoliyati u darajada shov-shuvli chiqmadi.
Braziliya chempionatida 12 ta bahs va 5 ta gol. Aksiga olgandek “Palmeyras” jamoasi ham milliy chempionatda kamtarona natija qayd etib qo'ya qoladi. Vagner Lav o'zi kutganidek MTJ dan chaqiruv olmaydi va ijara muddati tugaganidan so'ng CSKA jamoasiga qaytishi aniqlashib qoladi. Ammo Vagner Lavga kutilmaganida Braziliyaning eng nomdor jamoalaridan biri “Flamengo” yarim mavsumlik ijara shartnomasini taklif qiladi. Vagner Lav va CSKAga bu taklif moydek yoqadi. Vagnerning endigi uyi “Flamengo” edi.



2010 yilning yanvar oyida Vagner Lav “Flamengo” jamoasi bazasiga etib keladi. “Flamengo” jamoasining muxlislar klubi va jamoa rahbariyati Vagner Lavni iliq kutib olishadi. “Flamengo” jamoasining muxlislari va jurnalistlar qarshisida Vagnerga 9-raqamli futbolka topshiriladi. Vagner Lav “Flamengo”dagi o'zining debyut bahsida dubl qayd etadi. Ammo ayrim sabablarga ko'ra Vagner “Flamengo”da o'yin amaliyotiga muqim ega bo'lmaydi 5ta o'yinda 4ta gol. Vagner “Flamengo”da endigina o'z o'rnimni topdim deganida uning ijara shartnomasi muddati yakuniga etib qoladi. Vagner Lav moskvaliklardan “Flamengo”da yana bir yil qolish uchun izn so'raydi, ammo rad javobini oladi. Ilojsiz qolgan Vagner 2010 yilning iyul oyida Riodan Moskvaga qarab otlanadi va o'zining sevimli jamoasi CSKAga qaytadi.

 

2010 yilning iyul oyi, CSKA va “Spartak” Moskva jamoalari o'rtasidagi Moskva derbisi. Vagner Lav Moskvaga qaytganidan so'ng ilk o'yinidayoq gol uradi. Vagner moskvaliklar safida yana va yana gol uraveradi. Evropa Ligasidagi 1-tur bahsidagi dublidan so'ng Vagner matbuot xodimlariga yana Evropa Ligasida eng yaxshi to'purar bo'lish istagi borligi haqida aytib o'tadi. Ana shu yilning sentyabr oyidagi “Tom” klubiga qarshi bahsda Vagner o'yinning 41-soniyasidayoq to'pni darvozaga joylab qo'yadi. Bu bahsda Vagner CSKA safida 100lik dovonidan o'tishni uddalagan edi. Vagner Lav Moskvaga qaytganidan so'ng oldingidanda qudratliroq futbolchiga aylangan edi. Vagner Rossiya premer ligasida aql bovar qilmas o'yin namoyish etishni boshlaydi. Raqib jamoasining uch-to'rt nafar himoyachilaridan to'p bilan bemalol o'tib ketishi. Maksimal tezligi o'ta yuqori ekanligi, noodatiy fintlar tufayli Vagner Lav CSKA safida tirik afsonaga aylanib qoladi. 2011 yilda Rossiya matbuotida Vagner Lavga boshqa jamoaga o'tishi haqidagi mish-mishlar urchiy boshlaydi. Xattoki, Portugaliyaning “Portu” jamoasi Vagnerga aniq taklif bilan chiqadi. Ammo taklif CSKAni qoniqtirmaydi. Vagner Lav ushbu mavsumda CSKA safida 11ta gol uradi. 2012 yilning yanvarida Vagner Moskvaning CSKA jamoasidan Rio de Janeyroning “Flamengo” klubiga transfer huquqi asosida ko'chib o'tadi. Bu transfer haqidagi yangilikni rossiyalik futbol ishqibozlari motamdek qabul qiladilar.



Vagner Lav yoshligidanoq “Flamengo”da to'p surishni orzu qilar edi. Vagner Lav “Flomengo”ga rasman ko'chib o'tganidan so'ng Riodagi tanishtiruv marosimida o'zining quvonch ko'z yoshlarini yashira olmay yig'lab yuboradi. “Flamengo” jamoasi prezidenti Patrisiya Amorin esa Flamengo jamoasi Vagnerning yagona orzusi ekanligini viqor bilan takidlab o'tadi. Vagner Lav “Flamengo”ning hujum chizig'ida Ronoldino bilan ajoyib tandem hosil qiladi va 2012 yilda “Flamengo” safida 41 bahsda maydonga tushib, 17 bor raqib darvozasini ishg'ol etadi. Afsuski, ana shu mavsumda “Flamengo”da moliyaviy muammolar boshlanadi. Klub moliyaviy tomondan tang ahvolda qolganidan so'ng Vagner Lav “Flamengo”ni tark etishga qaror qiladi. Uning yangi jamoasi faqat va faqat CSKA ekanligini aytib o'tgan Vagner CSKAga ikkinchi bor qaytish taraddudini ko'radi. 2013 yil 12 yanvar sanasida “Flamengo” jamoasi matbuot xizmati rasman Vagner Lav “Flamengo”ni tark etganini malum qiladi.

 

2013 yil 16 yanvar kuni Moskvaning CSKA jamoasi Vagner Lav rasman Moskvaga qaytgani va u bilan 3,5 yillik shartnoma imzolanganini baralla elon qiladi. Vagner CSKA safida o'zining uchinchi bahsida “Alaniya” darvozasiga gol uradi. 2013 yilning iyul oyida sal kam 30 yoshni urib qo'ygan Vagner Lavga Xitoyning “SHangdon Luneng” klubi moliyaviy jihatdan fantastik taklif bilan chiqadi. Vagner jurnalistlar bilan muloqotda o'zining yoshi o'tib borayotganligi, unga Xitoy klubidan har tomonlama manfaatli taklif borligi va u Xitoy jamoasiga o'tishga qaror qilganligini aytadi. “SHangdon Luneng” Vagner Lav uchun “armiyachilar”ga 12 million evroni qurtdek sanab beradi.

 

O'zining yangi jamoasidagi debyut bahsidayoq Vagner Lav dubl qayd etadi. Umuman olganda Vagner Lav “SHandon Luneng”da har tomonlama o'zini ko'rsatadi. Vagner 2013 yilda Xitoy Superligasida kumush medalga egalik qilgan bo'lsa, 2014 yilda jamoasi bilan Xitoy kubogini qo'lga kiritadi. Xitoy ichki musobaqalarida 38 ta bahsda maydonga tushgan Vagner 23 ta gol kiritadi. OCHL da esa 6 bahsda 5 ta gol. Vagner Lav Xitoyda har qancha maksimal natija qayt etmasa ham 2015 yilning boshida o'ziga yangi jamoa qidirishni boshlab yuboradi. Tabiiyki, Vagnerga birinchilardan bo'lib Moskvadan “sovchilar” kela boshlaydi. Moskvaning “Lokomotiv” va CSKA jamoalari Vagnerga taklif bilan chiqishlariga qaramasdan Vagner Braziliyaning “Korintians” variantini tanlaydi va bunga sabab sifatida oila azolari Braziliyaga qaytishni istayotganliklari ekanligini aytib o'tadi.

 

2015 yilning fevralida Vagner Lav Braziliyaning lider jamoalaridan sanalgan “Korintians” bilan bir yillik shartnomaga imzo chekadi. SHu yilning 29 mart sanasida Vagner “Koriantians”dagi ilk golini “Bragantino” klubi darvozasiga joylab qo'yadi…

Vagner Lavning hozirda Enso va Lovinio ismli ikki o'g'li bor.

 

Vagner Lav erishgan yutuqlar:

Jamoaviy:

Braziliya B seriyasi chempioni: 2003 (“Palmeyras”)
Rossiya CHempioni: 2005,2006,2012/2013 (CSKA)
Rossiya Kubogi: 2004/05, 2005/06, 2007/08, 2008/09, 2010/11, 2012/13 (CSKA)
Rossiya SuperKubogi: 2006, 2007, 2009, 2013 (CSKA)
UEFA Kubogi: 2004/05 (CSKA)
Xitoy Kubogi: 2014 (“SHangdon Luneng”)
Amerika Kubogi: 2004,2007 (Braziliya MTJ)

SHaxsiy:
Eng yaxshi to'purar: PanAmerikaKubogi – 2003 (4 gol)
Eng yaxshi to'purar: Braziliya B seriyasi – 2003 (19 gol)
Eng yaxshi to'purar: San Paulo shtat chempionati – 2004 (12 gol)
Eng yaxshi to'purar: Rio de Janeyro shtat chempionati – 2010 (15 gol)
Eng yaxshi to'purar: Rossiya CHempionati – 2008 (20 gol)
Eng yaxshi to'purar: UEFA Kubogi – 2008/2009 (11 gol)

Vagner Lavning CSKAdagi faoliyatiga bag'ishlangan videoni tomosha qiling.




Muallif: Xudoyberganov Ulug'bek
Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика