So’nggi yangiliklar

01:42Лига 1. Витиньянинг голи ПСЖга "Нант" устидан ғалабани тақдим этди  1 00:26Туркия Суперлигаси. "Истанбул Башакшехир" ўз уйида "Кайсериспор"ни мағлуб этолмади, Шомуродов 70 дақиқа ўйнади  10 23:54БАА Про лигаси. "Бани Яс" меҳмонда "Ал Васл"га мағлуб бўлди, Мозговой 73 дақиқада ўйнади  1 23:47Бельгия Про лигаси. "Антверпен" меҳмонда дуранг ўйнади, Ўринбоев захирада қолдирилди  0 23:38"Милан" — "Бари". Таркиблар маълум  1 23:25"Эспаньол" — "Атлетико". Таркиблар маълум  1 22:42Максим Шацких: "Менимча, айрим футболчиларимиз ҳали ҳамон фикри ҳаёли билан Про Лигада"  17 22:35Суперлига. “Қўқон-1912” — “Сурхон” 2:0  0 22:26АПЛ. "Манчестер Юнайтед" илк турда ўз майдонида "Арсенал"га мағлуб бўлди  33 22:13Суперлига. "Бунёдкор" сўнгги сонияларда урилган гол эвазига "Бухоро"ни мағлуб этди  12 22:08Отабек Нарзуллаев: "Андижон"га қарши ҳужум тактикада ўйнамасак бўлмасди"  0 21:43Таҳлил. "Қўқон-1912" уйғоняптими?  1 21:32Баҳром Ҳайдаров: "Тезкор голдан сўнг хато қилишга қўрқиб ўйнадик"  0 21:01Февзи Давлетов: "Бунёдкор" билан ўйинда кўп энергия йўқотдик, "Қўқон-1912"да тикланиш учун кўпроқ вақт бўлди"  1 21:00Суперлига. "Андижон" сафарда "Машъал"га ютқазди  71

Vagiz Galiulin: Jarohatimni davolash reja asosida ketmoqda Yangiliklar

Vagiz Galiulin: Jarohatimni davolash reja asosida ketmoqda

Rubin yarim himoyachisi Vagiz Galiulin Evropa ligasi 2-saralash bosqichi doirasidagi Yagodinaga qarshi o'yinda (1:0) jarohat olgandi. Hamyurtimiz jarohatini davolash qanday kechganini aytib berdi.
- Vagiz, muxlislar sizning sog'lig'ingiz haqida qayg'urishmoqda. O'zingizni qanday his qilayapsiz?
- Men haqimda eslashayotganidan xursandman. Ayni paytda o'zimni yaxshi his qilayapman. 16 noyabr kuni ikki haftalik tiklanish jarayonini o'tkazib Germaniyadan Qozonga keldim. Qozon shahrida tiklanishni davom ettirayapman. Barchasi rejadagidek ketmoqda!

- Sibir safida o'ynayotganingizda og'ir jarohat olgan edingiz. Bu safar ham shunday bo'ldi, buni omadsizlik desa bo'ladimi?
- Sibir safida juda og'ir jarohat olgandim, paylarim uzilib ketgandi, uzoq vaqt davolangandim, maydonga qaytganimdan keyin ham og'riqlar bo'lgandi. Ammo vaqt barchasiga davo. Xudoga shukur og'riqlar o'tib ketdi. Ammo Yagodinaga qarshi o'yinda to'pig'imdan jarohat oldim. 19 avgust kuni Myunxenda operaciya qilishdi. O'sha vaqt haqida eslashni ham istamayapman.

- Qachon maydonga qaytish niyatidasiz? Jismoniy holatni tiklab olish uchun ko'p vaqt ketadimi?
- Hozir oyog'im bezovta qilayotgani yo'q. Keyingi yil boshida maydonga qaytishni rejalashtirayapman. Jamoaga tezroq foyda keltirishni istayman.

- Klub Rossiya chempionatida 10-o'rinda bormoqda, bu uning o'rni emas. Bunga sabab nima deb o'ylaysiz?

- Jamoa hozir o'ziga yarashmaydigan o'rinda ekaniga qo'shilaman. Ammo bu vaqtincha ekaniga ishonchim komil. Albatta, bu vaziyatdan chiqib ketib yuqorilaymiz.

Mavsumning qolgan o'yinlarida muxlislardan bizni qo'llab turishlarini so'rayman. Biz o'yinchilar esa, ularni xursand qilish uchun qo'limizdan kelganicha o'ynaymiz, – deydi Galiulin klub rasmiy saytiga.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика