So’nggi yangiliklar

19:05Алиссон Осиё турнеси давомида "Ливерпул"ни тарк этди  0 18:38Артета Зинченкони "Арсенал"дан кетмасликка кўндирди  0 18:16Расман: Валижон Раҳимов – "Бунёдкор" аъзоси!  1 17:56"Челси" "Аталанта" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 17:28Расман: Феликс Роналдунинг жамоадошига айланди  1 17:06Расман: Олимпиада бронза медали соҳиби "Машъал"га ўтди  3 16:37"Ал Насср" "Челси" ҳимоячисига даъвогар  1 16:15Сўнгги мавсумини Туркияда ўтказган дарвозабон "Андижон"га келмоқда  5 16:02Расман: "Пахтакор" Турғунбоевни сафига қўшиб олди  6 15:49Расман: Рустам Турдимуродов – "Сурхон" аъзоси!  6 15:32Грилиш "Манчестер Сити"да машғулотларни давом эттирмоқда  0 15:10Мираброр Усмонов Кубоги-2025 мусобақаси тақдирлаш маросимидан ГАЛЕРЕЯ  1 14:55Аёллар Осиё Кубогига қуръа ташланди: Ўзбекистон КХДР билан беллашади  2 14:37БУМ! Ўзбекистон МТЖ ноябрь ойида Тошкентда жаҳон чемпионига қарши ўйнайди  28 14:26Ўзбекистон U-23 терма жамоаси хотира турнирида Японияга имкониятни бой берган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0

Vadim SHodimatov “Qo'qon-1912”da ish boshladi Yangiliklar

Vadim SHodimatov “Qo'qon-1912”da ish boshladi

Qo'qonliklar tayyorgarlik bosqichining ikkinchi qismini 3 yanvardan boshladi.

Jamoa yana Dang'ara tumanidagi “BOWLING” mehmonxonasida yig'ildi. Mashg'ulotlar kuniga ikki mahaldan o'tkaziladi. Ertalab jismoniy jihatga etibor qaratgan xolda, trenajyor zalida shug'ullanilsa, tushlikdan so'nggi mashg'ulotlar “Markaziy” stadionda o'tmoqda.

Avval xabar berganimizdek, “Qo'qon-1912” murabbiylar shtabiga taniqli yoshlar murabbiyi Dilshod Nuralievning qo'shilishi kutilayotgandi. Ammo bu o'tish amalga oshmagach, bosh murabbiy Rustam Abdullaev toshkentlik boshqa bir murabbiy Vadim SHodimatovni taklif etdi. Nazariya jihatdan bilimi yuqori bo'lgan mutaxassisning Qo'qonda professional infratuzilma yaratilishida ham hissasi katta bo'lishi aniq. Negaki, bungacha asosan akademiyalarda ishlagan mutaxassis qaerda bo'lmasin doimo o'zidan yaxshi nom qoldirib kelgan. Muborakdagi “Mashal” akademiyasi, Toshkentdagi “Bunyodkor” hamda Andijondagi “Futbolga ixtisoslashtirilgan maktab-internati”da poydevor qo'yilishida bu insonning ko'magi sezilarli darajada bo'lgan. Xususan andijonliklar hanuz SHodimatovni iliq munosabatda eslashib yurganiga shaxsan o'zimiz ham guvoh bo'lganmiz. 

Endilikda qo'qonliklar ham ushbu mutaxassisning xizmatidan foydalanmoqchi. OFK instruktori bo'lgan Vadim SHaxirjanovich ajab emaski, Qo'qonda ham munosib ishlab, professional klub tuzilishida hissa qo'shsa. Xullas bu yil 50 yoshni qarshi oladigan SHodimatov qo'qonliklar uchun eng to'g'ri tanlov ekanligiga shubha yo'q. Eslatib o'tamiz, SHodimatov oxirgi paytlarda "Bunyodkor" akademiyasida faoliyat yuritib kelayotgandi.  

Endi tarkibda yuz berayotgan o'zgarishlarga keladigan bo'lsak, asli qo'qonlik bo'lgan va o'tgan mavsum “So'g'diyonayo” tarkibida o'ynagan Orif Mamajonov, “SHo'rtan” hujumchisi Islom Karimov, “Guliston”dagi faoliyati orqali muxlislarga yaxshi tanish bo'lgan darvozabon Ilhom Jumanov, yaqin-yaqingacha “Qo'qon-1912”da o'ynagan Munavvar Valixo'jaev kecha jamoa ixtiyoriga etib keldi. 

Yoshlar jamoasini esa mavsumga Muhsin Nizomiddinov bilan Muhammad Inog'omov tayyorlamoqda.    

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика