Vadim SHodimatov: "Bugun o'ta qiziqarli o'yin bo'ladi"
21 may 2016 11:12
Yangiliklar
Vadim SHodimatov: "Bugun o'ta qiziqarli o'yin bo'ladi"
“Qo'qon-1912” – “Navbahor” jamoalari o'rtasidagi O'zbekiston kubogi 1/8 final javob uchrashuvidan oldin mehmonlar ustozi Vadim SHodimatov o'z fikrlarini bildirdi.
-
Bugun o'ta yuqori darajadagi hayajonli o'yin bo'lishini kutyapman. Sababi biz
birinchi o'yinda Namanganda uchralgan mag'lubiyat tasodifiy ekanligini
isbotlashimiz kerak bo'lsa, qo'qonliklar chempionat doirasidagi oxirgi
o'yindagi natija uchun o'ch olish maqsadida maydonga chiqishlari aniq. SHuning
uchun bugungi o'yin muxlislarbop o'yin bo'lishini taxmin qilyapman.
Oldimizga
keyingi bochqichga chiqish vazifasi qo'yilgan. Futbolchilarni shu natija uchun
tayyorladik. Bugun qanday natija qayd etilishini esa bilmayman, - deydi
SHodimatov.
"Qo'qon-1912" matbuot xizmati
Fikrlar