Vadim Abramovning salomatligi xavf ostida emas
21 mar 2015 09:31
Yangiliklar
Vadim Abramovning salomatligi xavf ostida emas
Toshkent, 20 mart - Bugun tongda, "Lokomotiv” bosh murabbiyi Vadim Abramov yurakdagi og'riqqa shikoyat qilib, “Temiryo'lchilar Markaziy SHifoxonasiga” olib kelindi.
Birlamchi taxminiy tashxis mikroinfarkt deb aytilgan edi.
Ayni damda barcha diagnostik amallar o'tkazilgach, Abramovda aritmiya, yani yurak urushining tezlashishi, stress holati va qattiq toliqish deya tashxis qo'yilmoqda.
SHifokorlar bosh murabbiy 10 kun davomida muolaja olishi zarur deya takidlashyapti. Bizdagi mavjud malumotlarga ko'ra, Vadim Karlenovich 22 mart kuni Farg'onaning “Neftchi” klubiga qarshi o'yinda jamoasini boshqara olmaydi. Uning o'rniga yordamchilari Andrey Miklyaev va Marat Miftaxutdinovlar “Lokomotiv” uchun javobgar hisoblanishi aytilmoqda.
Hozirgina olingan malumotga ko'ra, Vadim Abramov muolaja olish uchun 15-shahar shifoxonasi, “Kardiologiya va Nevrologiya Markazi”ga ko'chirildi.
“Lokomotiv” klubi mamuriyati va jamoa futbolchilari bosh murabbiyga tezroq tuzalib, safga qaytishini tilab qolishadi.
Jamoa sardori Timur Kapadze, “Neftchi” ga qarshi o'yinimiz bosh murabbiy va muxlislarimiz oldidagi aybimizni yuvish uchun yaxshi imkoniyat, deya takidlab, “Lokomotiv” chempionatdagi ilk mezbonlik o'yinida g'alaba qozonishi uchun astoyidil harakat qilishlarini aytib o'tdi.

championat.asia
Испания Кубоги. "Атлетико" илк ўйинда "Барселона" дарвозасига жавобсиз 4 та гол урди
Эрик Гарсия: "Сўнгги пайтларда ҳакамларнинг бирорта қарори бизнинг фойдамизга бўлмаяпти"
Ла Лига. Бир неча кун олдин "Барселона"ни тор-мор этган "Атлетико" чемпионат аутсайдерига йирик ҳисобда мағлуб бўлди ва тўртинчи ўринга тушиб кетди
Англия Кубоги. "Манчестер Сити" ўз майдонида "Салфорд Сити"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди
Fikrlar