So’nggi yangiliklar

11:47Факт: Вадим Абрамов жамоаси Виталий Левченко бошқараётган "Нефтчи"ни ҳали ютмаган  1 10:48Бугун аёллар терма жамоамиз Лаосга қарши баҳс олиб боради  0 10:19Суперлига. 15-тур расмийлари маълум. Марказий учрашувни Лутфуллин бошқариб боради  3 09:44Алонсо ғалабадан сўнг ўз фикрларини билдириб ўтди  11 09:17Ўзбекистон кубоги. Бугун сўнгги чорак финалчилар аниқланади  3 08:48Ўзбекистон МТЖ аъзоси “Пахтакор“га қайтиши мумкин  18 08:20Клублар ўртасидаги ЖЧ. Чорак финал жуфтликлари билан танишинг  30 07:57Клублар ўртасидаги ЖЧ. Сўнгги чорак финалчи аниқланди  1 07:34Суперлига. Бугун "Динамо" "Нефтчи" учрашуви бўлиб ўтади  10 02:00Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Реал Мадрид" "Ювентус" минимал ҳисобда енгиб, чорак финалга йўл олди  61 00:50"Арсенал" Гёкереш билан деярли келишиб олди  0 00:25Премьер лигага қайтган "Сандерленд" ўз тарихидаги рекорд трансферни амалга оширди  0 23:50Александр Ляказетт Саудия Арабистони юқори дивизиони дебютанти таркибига бориб қўшилди  1 22:45"Вест Ҳем" молиявий фейр-плей сабаб Кудусни "Тоттенхэм"га арзонроққа сотиши мумкин  0 21:55"Фенербахче" Шкринярнинг тўлиқ трансфери устида ишламоқда  0

Vadim Abramovning “Lokomotiv”dagi faoliyati Yangiliklar

Vadim Abramovning “Lokomotiv”dagi faoliyati

Oliy liganing 25-turini safarda “Qo'qon-1912″ga qarshi o'tkazgan “Lokomotiv” 2:2 hisobida durang o'ynadi.

Bu o'yinda “temiryo'lchilar” 2:0 hisobida oldinda borishayotgandi, biroq keyinchalik ikkita gol o'tkazib yuborib, yakunda qimmatli ikki ochko boy berildi.

Natijada “Lokomotiv” futbol klubi rahbariyatining qaroriga muvofiq bosh murabbbiy Vadim Abramov o'z lavozimidan bo'shatildi. Abramov bilan jamoani uning doimiy hamrohi Marat Miftaxutdinov ham tark etdi. Garchi Abramov klubni tark etgan bo'lsa-da, uning “Lokomotiv” futbol klubi rivoji uchun qo'shgan hissasi katta bo'ldi.

Jamoamiz uning qo'l ostida o'yin jihatdan birmuncha o'sishga erishdi. Biroq natijalar rahbariyatni xafa qildi. Xususan, jamoamiz Osiyo chempionlar ligasida guruhdan chiqa olmadi. Lekin o'z maydonimizda kimsan Qatarning eng mashhur klubi “Al Sadd” 5:0 hisobida mag'lub etildi. Ammo guruhdan chiqa olmaganimiz baribir ko'pchilik ishqibozlarning dilini xira qildi.

OCHLdagi vazifa hal bo'lmagach, “Lokomotiv” bor etiborini ichki musobaqalarga qaratdi. Oliy liga bahslari doirasida “Bunyodkor” har ikkala uchrashuvda ham mag'lub etildi. Va bu ko'rsatkich “Lokomotiv” futbol klubi tarixida ilk bor ro'y berdi. Jamoamiz shuningdek, o'z maydonida “Paxtakor”, “Nasaf” kabi kuchli klublarni ham mag'lub etdi. Ammo “Metallurg”, “Neftchi” singari jamoalar bilan durang o'ynalgani alam qildi.

Ayni paytda “Lokomotiv” 59 ochko bilan turnir jadvalida 2-o'rinda boryapti. Birinchi o'rindagi “Paxtakor” hisobida 63 ochko bor. Uchinchi o'rinda kelayotgan “Nasaf” esa 57 ochkoni jamg'arib qo'ygan. Oliy liga tugashiga beshta tur qolganini hisobga olsak, kurash baribir oxirigacha kechadi. Abramov qo'l ostida “Lokomotiv”ning O'zbekiston kubogidagi ishtiroki yarim finalgacha bo'ldi. Yarim finalda Qarshining “Nasaf” klubi ikki o'yin natijasiga ko'ra, “temiryo'lchilar”dan ustun keldi. Qolaversa, aynan shu jamoa kecha tashkil qilingan final bahsida “Bunyodkor”ni 2:1 hisobida mag'lub etib, Kubokni qo'lga kiritdi.

Vadim Abramov murabbiyligida bir nechta futbolchilar “Loko”da o'zlarini ko'rsata olishdi. Xususan bugungi kunda jamoa to'purari bo'lib turgan Sanjar SHoahmedov ancha o'sishga erishdi. U hozircha oliy ligada 13ta gol urdi. SHuningdek, Ikrom Aliboev ham yaxshi o'ynab ketdi. Marat Bikmaev yana to'purarlik mahoratini namoyish eta boshladi. Ammo gap borib baribir natijaga taqalar ekan, Qo'qonda boy berilgan ikki ochko chempionlik poygasidagi imkoniyatlarni birmuncha pasaytirib yubordi.

Aytib o'tganimizdek, Vadim Abramov “Lokomotiv” jamoasining yangi bosqichga chiqishida muhim rollardan biri bo'ldi. SHu bois klubimiz homiylari, rahbariyat va xodimlar o'zaro hamkorlik uchun ushbu murabbiyga minnatdorchilik bildiradi. “Lokomotiv” futbol klubi Vadim Karlenovichning keyingi faoliyatiga omad va zafarlar tilab qoladi.

“Lokomotiv” PFK matbuot xizmati.


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика