So’nggi yangiliklar

03:10АПЛ. "Ливерпуль" кутилмаганда сўнгги ўриндаги "Вулверхэмптон"га мағлуб бўлди  12 03:08Италия кубоги. "Комо" ва "Интер" ўртасидаги ярим финалнинг илк ўйинида ҳисоб очилмади  2 03:00Испания кубоги. "Барселона" "Атлетико"ни йирик ҳисобда ютган ўйинда мадридликлар финалга йўл олди  128 00:33Туркия кубоги. "Истанбул Башакшехир" ғалаба қозона туриб мағлубиятга учради ва мусобақадан чиқиб кетди, Шомуродов ва Файзуллаев тўлиқ ҳаракат қилди  21 00:16Атланта шаҳри Жаҳон чемпионати давомида Ўзбекистон миллий терма жамоси базаси вазифасини ўтайди  2 00:05"Барселона" — "Атлетико". Таркиблар маълум  34 23:40Илҳом Мўминжонов: "ПРО-Лига янги мавсуми жуда қизиқарли ўтишига ишончим комил"  0 23:01"Барселона" Бастонини ўз сафига қўшиб олмоқчи. "Интер" нархни эълон қилди  1 22:13"Пахтакор-Фарм" устози Бобур Абдураҳмонов: "Про лига ёш футболчилар учун яхши тажриба бўлади"  0 21:10Родриго учун мавсум якунланди  13 21:01Азамат Алланиёзов: "Арал"нинг мақсади — чемпионлик, мавсум бошланишини сабрсизлик билан кутяпмиз"  0 20:33"Астон Вилла" "Манчестер Сити" дарвозабонига кўз тикди  0 19:58"ТерДУ" устози Элдор Бойматов: "Қуръа яхши бўлди, университет жамоалари кутилмаган совға қила олади"  0 19:34"Милан" Жексонга кўз тикди  4 19:07Англия футбол ассоциацияси VAR'дан фойдаланишда инқилобий ўзгариш тайёрламоқда  3

Vadim Abramov: "Yuta olmayotganimizga maydon aybdor emas" Yangiliklar

Vadim Abramov: "Yuta olmayotganimizga maydon aybdor emas"

"Bunyodkor" bosh murabbiyi Vadim Abramov Superliga 22-tur doirasidagi AGMKga qarshi o'yindan so'ng matbuot anjumanida jurnalistlar savollariga javob qaytardi.

- Oddiy vaziyatlarda xatoga yo'l qo'ydik. Garchi mag'lubiyatga uchragan bo'lsak-da, hisob o'yinga mos bo'ldi, deya olmayman. Nega jamoaning o'yinida pasayish ro'y berdi? Har qanday jamoada «spad» bo'ladi. Bu yangilik emas. SHunchaki, biz juda oddiy vaziyatlarda xatoga yo'l qo'yyapmiz. Eng yomoni, tajribali futbolchilar shunday xatolar yo'l qo'ymoqda. Qolaversa, zaxira o'rindig'imiz qisqaligi ham pand bermoqda. Xususan, futbolchilarimiz terma jamoalardan ikki kun avval etib kelishdi. Birga shug'ullanishga etarlicha vaqt bo'lmadi. Mabodo bugungi uchrashuvni ikki kundan keyin o'tkazganimizda o'yin boshqacharoq bo'lishi mumkin edi. Agar zaxira o'rindig'imiz uzun bo'lganida bugun boshqa futbolchilarning xizmatidan foydalangan bo'lardim.

Klubda qolamanmi? Mavsum tugaganidan so'ng rahbariyat bilan gaplashib olamiz va o'zbek futboli uchun eng yaxshi variantni tanlaymiz.

Jasur Jaloliddinov nega ko'rinmayapti? U yaqinda terma jamoa safida o'ynab qaytdi, o'zini dunyoning eng yaxshilari orasiga kiritilganini o'qibdi. Kecha uning yoshlar jamoamizdagi o'yinini kuzatdim. Yaqinda U-19 Osiyo chempionati saralashi bo'ladi shu jamoaga yordam berishi kerak.

Birinchi gol o'tkazilgan vaziyatda yoshi katta futbolchilarga nima bo'lganini umuman tushunmadim. Birinchisi aut otdi, ikkinchisi to'pga eta olmadi, darvozabonimiz esa umuman g'alati joyni tanladi...

O'z stadionimizda o'ynamaganimizda g'alaba qozonardik, hozir stadionimizda o'ynayapmiz va yuta olmayapmiz? Yo'q maydonning aybi yo'q, o'zimiz juda yomon holatdamiz.


Reyting: +31   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика