Superliga. "Bunyodkor" Narimonjon Ahmadjonovning super goli evaziga OKMKni mag'lub etdi
01 mar 20:55
Yangiliklar
Superliga. "Bunyodkor" Narimonjon Ahmadjonovning super goli evaziga OKMKni mag'lub etdi
OKMK – "Bunyodkor" 0:1
Gollar: 63 - Najmiddin Normurodov
Bosh hakam: Asker Najafaliev
Yordamchi hakamlar: Ruslan Serazitdinov, Baxtiyorxo'ja Shavkatov
Zahira hakami: Rinat Serazitdinov
Nazoratchi: Baxtiyor Namozov
VAR: Ilgiz Tantashev
AVAR: Sherzod Azamov
Komissar: Jalolxon Inog'omxo'jaev
OKMK: 35.Javohir Ilyosov, 5.Giorgi Papava (s), 6.Avazbek O'lmasaliev, 7.Dilshodbek Ahmadaliev, 9.Aziz Xolmurodov ( 21.Hazratjon Tursunqulov, 90'), 17.Nodirbek Abdurazzoqov (16.Naoaki Senaga, 86'), 18.Rian Islamov (4.Mirjamol Qosimov, 76'), 22.Saidafzalxon Ahrorov, 27.Urosh Kojij (11.Ali Abdurahmonov, 76'), 28.Arixiro Sentoku (10.Asadbek Sobirjonov, 76'), 44.Abror Karimov
Zaxira: 23.Hamidullo Abdunabiev, 3.Shaxzod Tairov, 13.Eldorbek Begimov, 19.Ahmadullo Muqumjonov
"Bunyodkor": 1.Abdumavlon Abduljalilov, 4.Najmiddin Normurodov (s) (28.Samandarjon Mavlonqulov, 68'), 8.Dmitriy Pletnev (21.Nosirjon Abdusalomov, 80'), 9.Matiya Krivokarich (11.Sardor Abdunabiev, 88'), 10.Amir To'raqulov (3.Sardor Rahmonov, 46'), 15.Marko Bugarin, 18.Narimonjon Ahmadjonov, 23.Asadbek Rahimjonov, 25.Itsuki Urata, 66.Azizbek To'lqunbekov, 77.Bilolxon Toshmirzaev (17.Muzaffar Olimjonov, 80')
Zaxira: 16.Federiko Botti, 13.Muhammad Hakimov, 47.Sadriddin Hasanov, 88.Mirkamol Annamatov
Ogohlantirishlar: 3 - Marko Bugarin, 5 - Urosh Kojij, 22 - Amir To'raqulov, 45 - Dmitriy Pletnev, 53 - Najmiddin Normurodov, 72 - Avazbek O'lmasaliev, 90+5 - Ali Abdurahmonov
90+5. O'yin yakunlandi, "Bunyodkor" mavsumdagi ilk g'alabasini qo'lga kiritdi!
90+3. OKMK qamal qilib olgan. Biroq "qaldirg'ochlar" himoyasi yaxshi harakat qilmoqda.
90. O'yinning asosiy vaqtiga 5 daqiqa qo'shib berildi.
88. Olmaliqlar so'nggi daqiqalarni maydonning raqib joylashgan qismida o'tkazmoqda. Biroq hozircha xavfli hujum ko'rmadik.
83. Abdurazzoqov yana bir zarba berdi. Bu zarbasi esa juda-juda aniq bo'ldi.
80. So'nggi 10 daqiqalik boshlandi. Jamoalar zaxiradan yangi kuchlarni o'yinga "tashladi". Buyog'i yanada qizishi aniq.
72. Yana uzoqdan zarba "qaldirg'ochlar"dan. Bu safar noaniq bo'ldi.
70. OKMK hozirgacha birorta ham o'zgarish qilmadi. Qiziq.
66. Abdurazzoqovning zarbasi rekoshetga sabab darvozaga bormadi.
65. OKMK endi reakciya qiladimi? Kuzatamiz.


Burchakdan uzatilgan to'pni Ilyosov qaytarib yubordi, to'p Narimonga kelib tushdi, uning chamasi 30-35 metrlardan tepgan to'pi darvozaning "to'qqizligi"dan joy oldi!



63. GOL! Narimonjon Ahmadjonov shubhasiz turning eng chiroyli golini urdi!
60. Ahmadaliev juda qulay tarzda sherigiga to'pni uzatgandi, ammo tepilgan to'p aniq bo'lmadi.
58. Xolmurodov raqib jarima maydonchasi ichida yiqitildi, bosh hakam VARga murojaat qildi. Ushbu vaziyatda hech qanday o'yin qoidasi buzilmagani qayd etildi.
55. Giorgi Papavaning jarima zarbasidan tepgan to'pi anchagina noaniq bo'ldi. Yaqin masofadan, qulay nuqta edi...
53. "Bunyodkor" darvozasi oldida palapartishlik yuzaga keldi. Xolmurodov sal qolsa hisobni ochishi mumkin edi...
52. Ahmadalievdan xavfli zarba! Abdujalilov esa qaytarib yubordi to'pni.
50. OKMKdan yaxshi hujum. Yakuniy zarba jarima maydonchasi ichida berilmadi, natijada to'p Abdurazzoqovga etib keldi, Nodirbekning tepgan to'pi noaniq ketdi.
48. OKMK futbolchilari xatoliklarga yo'l qo'ymoqda. Buning oqibatida "Bunyodkor" hujum uyushtirishi mumkin edi, biroq ular ham buni qila olmadi.
46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.
45+1. Bo'lim yakunlandi.
45. Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi.
45.Xavfli zarba! Arixiro Sentokuning tepgan to'pi darvozaning yonginasidan o'tib ketdi...
44. Bilolxon Toshmirzaevning jarima zarbasidan tepgan to'pi anchagina noaniq bo'ldi.
39. Bugungi bahsga ko'plab taniqli shaxslar etib kelibdi, Jumladan, Vadim Abramov, Lutfullo To'raev, Sanjar Tursunov. Ammo uchrashuvni qiziqarli o'tmoqda deyish qiyin.
35. Xolmurodov jarima maydonchasi ichida to'pni oldirdi avvaliga, so'ng xatosini to'g'riladi. Sal qolsa "qaldirg'ochlar" xavfli vaziyat yaratishi mumkin edi.
31. Abdurazzoqovning jarima zarbasidan uzatgan to'pini darvoza tomon yo'llaydigan futbolchi topilmadi.
21. OKMKdan yaxshi vaziyat. Xolmurodovning uzatmasidan so'ng to'p himoyachiga tegib qaytdi, so'ng Arihiro darvozaga zar berdi, Abdumavlon ushlab oldi.
20. Krivokarichning uzoq masofadan bergan zarbasi noaniq bo'ldi. Kuchli va xavfli chiqdi zarba.
15. Poytaxtliklardan hujum endi. Toshmirzaevning darvoza yon tomonidan bergan zarbasi aniq bo'lmadi.
14. Nodirbek Abdurazzoqov zo'r imkoniyatni qo'ldan boy berdi... Uzatib berilgan to'pni darvozaga yo'lladi, zarba sekin va noaniq bo'ldi.

7. O'yinni O'zbekiston MTJ bosh murabbiyi Fabio Kannavaro stadiondan kuzatmoqda.
5. Uchrashuvning dastlabki 5 daqiqasidayoq ikki jamoaning bir nafar azolari sariq kartochka oldi. Jangovar o'yin bo'ladi, shekilli...
4. Dastlabki xavfli vaziyat OKMKdan! Havolatib uzatilgan to'pni futbolchi bosh bilan darvozaga yo'lladi, Abdujalilov ishonchli harakat qilib to'pni qaytardi!



1. O'yin boshlandi!


O'yindan avval stadion uzra O'zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi yangramoqda.
Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda.
- Assalomu alaykum qadrli futbol ixlosmandlari! Sizlarni Superliga 1-tur doirasidagi OKMK — "Bunyodkor" o'yinining matnli translyaciyasini kuzatib borishga taklif qilamiz!
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. Кападзе "Навбаҳор"даги дебютида Самарқандда "Динамо"ни енгди
Суперлига. Амалдаги чемпион "Нефтчи" ўз уйида "Машъал"ни йирик ҳисобда мағлуб этди
Суперлига. Шаланинг сўнгги дақиқаларда урган голи "Насаф"га ғалаба тақдим этди
Ла Лига. "Барселона" ўз уйида "Вильярреал"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, Ямалдан хет-трик
Fikrlar