So’nggi yangiliklar

18:27Суперлига. "Қизилқум" – "Локомотив". Таркиблар маълум  0 18:01Суперлига. ОКМК - «Бунёдкор» таркиблари маълум  0 18:00Максим Шацких: "Украина терма жамоаси ҳозирги таркиб билан Еврода узоққа бориши мумкин"  3 17:26Про лига. "Машъал" сафарда "Олимпик-MobiUz" билан дуранг ўйнади  3 17:11АПЛ болбойларнинг ўйинга таъсирини чеклайди  1 16:45МЮ "Ювентус" футболчиси учун ўз вингерини беришга ва қўшимча тўлов қилишга тайёр  1 16:11"Барселона" тарбияланувчисини қайтармоқчи  1 15:41"Ницца" АПЛ клублари қизиқаётган ҳимоячиси учун нарх белгилади  0 15:10ПСЖнинг 2 нафар футболчиси сафга қайтди  0 14:08Шенсни "Юве"да қолиши учун маоши камайишига рози бўлиши керак  0 13:40Гризманн қайтди  1 13:21Дилмурод Назаров хотирасига бағишланган "Наврўз Кубоги-2024" мусобақаси қандай ўтди?  7 13:09"Бавария" "Штутгарт" вингерига кўз тикди  0 12:46"Манчестер Юнайтед" Каземирога ўринбосар топди  2 12:20Эшитдик-да! ФИФА "Бунёдкор"га илк санкцияни қўллади  31

Vadim Abramov: "Yamanni "doska"da mag'lub etib bo'ldik, endi maydonda ham yutishimiz kerak" Yangiliklar

Vadim Abramov: "Yamanni "doska"da mag'lub etib bo'ldik, endi maydonda ham yutishimiz kerak"

JCH-2022 saralashi doirasidagi O'zbekiston - Yaman uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanida Vadim Abramov va Odil Ahmedov ishtirok etishdi.

"Barcha kimga qarshi o'ynashimizni juda yaxshi bilishadi shu bois nima deyishni ham bilmayman. Barcha o'yinning ahamiyatini tushunib turibdi. Yigitlar jangovor holatda", - deydi Vadim Abramov.

"Bosh murabbiyning fikriga qo'shilaman barcha futbolchilar Yaman bilan bahs ahamiyatini tushunib turishibdi. Endi xato qilishga haqqimiz yo'q", - deydi Odil Ahmedov.



- Yamanni o'rganib chiqdingiz va nima sizni tashvishga solmoqda? 

- Yaman tartibli o'ynaydi, oddiy o'ynaydi ammo Saudiya Arabistoniga va Singapurga ikkita gol urishga erishgan. Hujumchi tezda oldinga o'tadi va ochiladi. Oddiy va natijali futbol. Himoyada "avtobus" qo'yishadi va katta kuch bilan himoyalanishadi. Darvozabon yaxshi o'ynaydi, omadi ham keladi, omad kuchlilarga kulib boqadi.

Bugungi kunda Yamanda chempionat o'yinlari bo'lmayapti, shu bois ular anchadan buyon terma jamoada shug'ullanishmoqda. Yani istalgan paytda yig'ilib mashg'ulotlar o'tkazishmoqda.

- Raqiblar bizni Kuper taktikasi bo'yicha o'rgangan. Ertaga boshqacha taktikada o'ynaymiz va bu bizning ustunligimiz bo'ladimi?
- Umid qilamanki biz boshqacha o'ynaymiz. Ammo aynan qanday o'ynashimizni bilmayman. Doskada Yamanni mag'lub etib bo'ldik, endi ularni maydonda yutish qoldi xolos. Qadrdon devorlar doim yordam berishadi va ertaga ko'plab muxlislar qarshisida g'alaba qozonishni istayman.


- Ertaga Ahmedov asosiy tarkibda maydonga tushadimi?
- Odil Ahmedovda kichik jarohat bor edi. Bugungi rasmiy mashg'ulotdan keyin buni hal qilamiz.

- Siz uchun hozir nima muhim? Natijami yoki chiroyli o'yin?
- Bu guruhdan chiqishga harakat qilamiz. Agar yaxshi o'ynasak ochkolar ham bo'ladi. Ham chiroyli o'yin namoyish etish, ham natijaga erishishga harakat qilamiz.

- Agar keyingi bosqichga chiqa olsak Osiyo Kubogiga ham yo'llanmani qo'lga kiritamiz. SHu tomonlama ham bosim yo'qmi?
- Hozir faqat Yaman haqida o'ylayapmiz. Undan keyin esa Singapurga safar qilamiz. Uzoq parvozdan keyin futbolchilar tiklanib g'alaba qozonishlari kerak bo'ladi. Bu ham o'ziga yarasha qiyin.

- Kuper davrida futbolchilar bitta qobiq ichida o'ynashgandi, futbolchilarni o'sha qobiqdan chiqara oldingizmi? O'z uslubingizga moslashtira oldingizmi?
- Kuper haqida hech nima deya olmayman. O'z falsafamni yigitlarga etkazib berishga harakat qildim. Olimpiya terma jamoasi bilan bahsda nimadir o'xshadi, nimadir o'xshamadi. Ertangi o'yinda o'z futbolchilarimga ishonaman.

- O'z vaqtida Sahob Jo'raev degan himoyachimiz bo'lardi, u to'pni butun gavdasi bilan qaytarardi, kerak bo'lsa yuzi bilan ham to'pni to'sardi. Hozir esa bunday himoyachi yo'q...
- Qaysidir futbolchini bitta o'yindagi yaxshi harakati yoki bitta qo'pol xatosi bilan baholash to'g'ri emas. Masalan, oldinlari Maksim SHackix terma jamoada jonini berib o'ynamaydi deyishardi, hozirgi kunda esa Odil Ahmedov ham tanqid ostida, yoshi o'tib qoldi, yaxshi o'ynamayapti deyishmoqda. Ammo ishontirib aytamanki terma jamoaga kelgan har bir futbolchi g'alaba uchun borini beradi. Futbolda kimdir yutadi, kimdir mag'lub bo'ladi. Bu tepada yozib qo'yilgan, bitta mag'lubiyat bilan hayot to'xtab qolmaydi.




- Bu katta ehtimol bilan siz uchun so'nggi JCH saralash bosqichi, siz jamoa sardori sifatida yigitlarni o'z ortingizdan etaklashga tayyormisiz?
Odil Ahmedov:
- Ertaga nima bo'lishini hech kim bilmaydi. Terma jamoada doim g'alaba qozonishimni istaganman. Bu erda kim Jahon chempionatiga chiqishni istasa men undan 100 foiz ko'p xohlaganman. Klublarda sovrinlar yutganman, ammo terma jamoada hozircha hech nima yutganim yo'q. Orzuim terma bilan ham sovrin yutib o'z muzeyimga qo'shib qo'yish.

- Falastin bilan o'yindan keyin yigitlar bosim ostida qolib ketishgandi. Terma jamoadagi muhit yaxshilandimi, yigitlar ertangi bahsga ruhan tayyormi?
Odil Ahmedov:
- Terma jamoada doim muhit yaxshi bo'lgan. Har bir murabbiyning taktikasining ijobiy va salbiy tomonlari bo'ladi. Himoyaviy o'yin bizga to'g'ri kelmaganligi tufayli Kuper ham istefoga chiqarildi deb o'ylayman.

- Terma jamoa anchadan buyon "Bunyodkor"da o'ynayotgandi ertaga esa bahs "Paxtakor"da bo'ladi...
Odil Ahmedov:
- Yaxshi futbol o'yin ko'rsatish uchun yaxshi maydon kerak. "Paxtakor" stadioni bugungi kunda o'yin o'tkazish uchun eng ideal maydon bo'lsa kerak.


Narzulla Saydullaev

Tez orada matbuot anjumanini to'liq holda tomosha qilishingiz mumkin bo'ladi.

Reyting: +137   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика