So’nggi yangiliklar

21:08Лукас Пакета бўйича якуний қарор чиқарилди  1 20:44Расмус Хойлунд: "Юнайтед"да қолишни истайман"  1 20:30"Арсенал"нинг икки футболчиси жароҳат олди  0 20:16"Локомотив"га 6 футболчи келди, 5 футболчи кетди  1 19:502024 йил ёзининг энг қиммат ТОП-10 трансфери. Мавсум улар учун қандай ўтди?   0 19:22"Тоттенхэм" "Арсенал"ни майдон марказидан урилган гол эвазига ютди  0 18:59"Барселона" "Сеул"ни "хоккейча" ҳисобда мағлуб этди  17 18:42А Сериянинг икки гранди "Арсенал" аъзоси учун курашга қўшилди  0 18:14Марлен Чобанов легионерга айланди  0 17:55​"Андижон" легионер ҳимоячиси билан хайрлашди  5 17:32Исак "Реал Сосьедад" базасида шуғулланмоқда  2 17:04Аббос Файзуллаев: "ЦСКА туфайли Ўзбекистон термасида ўз ўрнимга эга бўлдим. Энди "Истанбул Башакшеҳир"га чемпионатда олдинга қадам ташлашида ёрдам бермоқчиман"  6 16:37ЦСКА ҳимоячиси: "Аббосга келажакда ўзи хоҳлаган лигада ўйнашини тилайман"  4 16:09Доннарумма АПЛ топ-клублари билан музокаралар олиб бормаяпти  2 15:41Нойер Тер Штеген билан боғлиқ вазият туфайли Германия терма жамоасига қайтишга тайёр  4

Vadim Abramov: "Telefonimni musiqasi nega almashmaydi? Yo'qolganida tezda topish uchun" Yangiliklar

Vadim Abramov: "Telefonimni musiqasi nega almashmaydi? Yo'qolganida tezda topish uchun"

O'zbekiston kubogi yarim final javob bahsi "Bunyodkor" - "Neftchi" (3:1) o'yinidan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida mehmonlar ustozi Vadim ABramov ishtirok etdi va o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.


- Avvalo "Bunyodkor"ni tabriklayman. Bugun yaxshiroq natija qayd etishi mumkin edi. Ammo afsuski yutqazdik. "Neftchi"ga bugun nima etishmadi? Menimcha, mahorat etishmadi. Birinchi bo'lim so'nggida alamli gol qo'yib yubordik. Futbol xatolardan iborat.
Gol o'tkazib yuborilgan vaziyatda biz hujumga o'tishimiz kerak edi. Biroq futbolchining noaniq uzatmasi yakunda o'z darvozamizga gol bilan tugadi.

Buyog'iga chempionatda muvaffaqiyatli qatnashish uchun ishlarni olib boramiz.
Umuman olganda jamoa yomon emas. Ishlashda davom etamiz.

SHerzod Hakimovning elkasi chiqib ketgani uchun maydonni erta tark etishga majbur bo'ldi.

Yangi jalb etgan futbolchilarimizdan ko'nglim to'qmi? Biz imkonimiz bor va bo'sh futbolchilarni oldik. Boshqa choramiz yo'q edi. Tarkibdagi futbolchilar ishonchimni oqlaydimi yoki yo'q, buni endi vaqt ko'rsatadi.

Bugun Jasur Hasanovning  xizmatlaridan foydalana olmadik. Agarda Hasanov maydonga tushganida umuman boshqacha o'ynagan bo'lardik.

Matbuot anjumani paytida Vadim Karlenovichning telefoni jiringlab qoldi. Abramov telefoni qo'ng'irog'i musiqasiga doim SHumbolaning "Assalomu alaykum", degan gapi turadi.
Jurnalist Xayrulla Xoliqov esa shu o'rinda bir qiziq savol bilan murojaat qildi.
Abramovga nega 10 yildan buyon telefonda faqat bir musiqa turadi, degan savolga Karlenovich shunday javo qaytardi
:
"CHunki telefonim yo'qolib qolganida barcha musiqasi orqali bu meni telefonim ekanligini bilishi uchun musiqani almashtirmayman". (Zalda kulgu va qarsaklar)

Reyting: +47   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика