Vadim Abramov: "Superligaga chiqish vazifamizni og'irlashtirib olyapmiz"
26 avg 2023 22:42
Yangiliklar


Vadim Abramov: "Superligaga chiqish vazifamizni og'irlashtirib olyapmiz"
"Andjon-SGS" hamda "Dinamo" o'rtasidagi Pro Liganing 15-tur o'yinidan (0:0) so'ng mehmon jamoa ustozi Vadim Abramov matbuot anjumanida ishtirok etdi.
Vadim Abramov: "O'yin biz taxmin qilgandek kechdi. Raqibni mensimaslik... Vaziyatlardan foydalana olmadik. "Andijon-SGS"ni tabriklayman, ular o'z vazifasini bajarishdi. Navbatdagi 2 ochkoni qo'ldan boy berdik va bu mavsum oxirida tasir qiladi".
- Bugun g'alaba qozonish uchun nima etishmadi?
- "Nastroy". Raqibni oson engamiz deb o'yladik va noto'g'ri o'ynadik.
- Natijadan mamnunmisiz?
- Hozirgina 2 ochkodan mahrum bo'ldik dedim, qanday qilib natijadan mamnun bo'lishim mumkin. Superligaga chiqish vazifamizni og'irlashtirib olyapmiz.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar