So’nggi yangiliklar

23:55Шерзод Жўраев: "Насаф"дек жамоага қарши футболчиларни алоҳида руҳлантириш шарт эмас"  0 23:30Месси МЛСдаги танаффус пайтида Саудия Арабистони клубига ўтмоқчи эди, аммо саудияликлар бунга рози бўлишмаган  1 23:11Расман: Лучано Спалетти "Ювентус" бош мураббийи этиб тайинланди  1 23:05Суперлига. "Навбаҳор" – "Насаф" 0:0  1 22:59Рўзиқул Бердиев ОКМК билан ўйиндан кейинги матбуот анжуманида айтган гаплари бўйича изоҳ берди (тўлиқ матбуот анжумани)  14 22:31Пирс Морган Криштиану Роналдунинг ҳаётидаги "энг очиқ" интервьюни эълон қилди. Суҳбат кейинги ҳафта премьера қилинади  2 22:02Ҳаким Фузайлов: "Жамоам 70 дақиқа футбол ўйнаяпти. Балки ўрнимга бошқа мураббий мавсумни тугатиб қўйгани маъқулдир"  4 21:39Лисандро оғир жароҳатидан сўнг МЮ машғулотларига қайтди  0 20:50Ибрагимович: "Интер"да бир қоида бор эди: агар кетма-кет икки ўйинда ютқазсак, маошлар кечиктириларди"  2 20:35Суперлига. "Насаф" "Навбаҳор" майдонида очко йўқотди  198 20:27Суперлига. "Динамо" "Хоразм"ни ишончли тарзда мағлуб этди  11 19:42"Арсенал" тарихий рекорд ўрнатди  2 19:19АПЛда октябрь ойининг энг яхши мураббийи бўлишга даъвогарлар маълум  6 19:01Ҳоланд, Мбеумо, Тимбер ва бошқалар: АПЛда ой футболчиси аниқланмоқда  2 18:41FIFA U-17 Жаҳон чемпионати расмий тимсоли эълон қилинди  2

Vadim Abramov: "Saudiya Arabistonidan oldin Yaman va Singapurni yutishni o'ylashimiz kerak" Yangiliklar

Vadim Abramov: "Saudiya Arabistonidan oldin Yaman va Singapurni yutishni o'ylashimiz kerak"

Xabaringiz bor, 5 iyun kuni OFK JCH-2022 saralash bosqichining yangi sanalarini malum qildi.

Unga ko'ra, O'zbekiston milliy terma jamoasi shu yilning 13 oktyabr kuni Yaman mehmoni bo'ladi, 12 noyabr kuni o'z maydonimizda Singapurni qabul qilamiz va 17 noyabr kuni safarda Saudiya Arabistoni bian kuch sinashamiz.

Ko'rib turganingizdek, ushbu bosqichda uchta o'yin qolgan va shundan ikkitasini safarda, bittasini uyda o'tkazamiz. Yangi taqvim malum bo'lgach, milliy terma jamoamiz bosh murabbiyi Vadim Abramovdan qisqacha intervyu oldik.


- Vadim Karlenovich, OFK elon qilgan JCH-2022 saralash bahslarining yangi taqvimi bo'yicha fikringiz? 

- Eng muhimi, o'yinlar qachon bo'lib o'tishini vaqtliroq bilganimiz bo'ldi. Albatta, oktyabrgacha hali vaqt bor va bizda yaxshi tayyorgarlik uchun imkon bo'ladi deb o'ylayman. Eng muhimi esa o'sha paytga kelib terma jamoaning qanday holatda bo'lishi. 


- Navbatdagi uchta o'yinga tayyorgarlik qay tarzda olib boriladi? 

- Bu borada dastlabki yig'inni sentyabr oyida o'tkazishni rejalashtirganmiz. CHunki buyog'iga Superliga klublari tig'iz taqvimda o'ynaydi va yozda terma jamoani yig'ishga fursat bo'lmaydi. Sentyabrda esa FIFA kunlari bor. SHu bois kuzning birinchi oyida ilk yig'inni o'tkazmoqchimiz. Ushbu yig'in chog'ida hech bo'lmasa bitta o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishga harakat qilamiz. 


- Tojikistonga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishimiz mumkin ekan. 

- Ha, shunday gap bor va bu borada ish olib borilyapti. Lekin rasman aniq bo'lmaguncha bir narsa deyish qiyin. Jahon chempionatiga saralashni 13 oktyabrdan davom ettiramiz, shu kuni safarda Yaman mehmoni bo'lamiz. Bu o'yingacha ham bitta o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishni reja qilganmiz. 


- Vaziyat shundayki, biz qolgan uchta o'yindan ikkitasini safarda, asosiy raqibimiz Saudiya Arabistoni esa to'rtta o'yindan uchtasini o'z maydonida o'tkazadi. 

- Eng muhimi, biz safarda Yamanni yutib kelishimiz kerak. CHunki bu o'yinga ko'p narsa bog'liq. Men vaziyatni yaxshi tushunib turibman, bizda uchta o'yin qolgan, saudiyaliklarda esa to'rtta. Lekin bu bilan vahimaga berilish kerak emas. Eng muhimi, biz ulardan bir ochko oldindamiz. Agar Yaman va Singapurni mag'lub etsak, Saudiya Arabistoniga ko'tarinki kayfiyatda yo'l olamiz va ularni ham yutib kelishga harakat qilamiz.


- Bilmadim, bu savolni berish qanchalik to'g'ri yo noto'g'ri. SHunga qaramay, sizning fikringiz ham qiziq. Yaqinda O'zbekiston terma jamoasini Usmon Toshev boshqarishi mumkinligi haqida gap chiqdi? 

- Ha, men ham bu haqda eshitdim. Lekin nima deyishim mumkin? Bu savolni yaxshisi shu xabarni yozgan SHahboz Beg'amovga bering. CHunki xabarni yozgan u. SHu bois gap nimadaligini mendan yaxshi biladi.

X.Xoliqov suhbatlashdi.

Reyting: +52   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика