So’nggi yangiliklar

20:18Томас Мюллер МЛСнинг "Ванкувер Уайткепс" клуби билан фаол музокаралар олиб бормоқда  0 19:40"Ал Насср" Антони бўйича таклиф билан чиқди. МЮ вингер учун 50 млн фунт олмоқчи  1 19:14Гвардиола мўйловини ўстирди  8 18:45Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" ва "Ньюкасл" ўртасида Сингапурдаги ўйинда 5 та гол урилди  1 17:50"Реал" ўйинчисини 13,5 млн евро эвазига қайта харид қилиш ҳуқуқи билан сотди  0 17:21"Барселона" "Виссел Кобе"ни мағлуб этди, Рэшфорд дебют ўйинини ўтказди  2 16:57Феликс 30+20 млн евро эвазига "Челси"дан "Ал Насср"га ўтади - Фабрицио Романо  5 16:30"Бавария" Диас учун "Ливерпул"га тахминан 80 млн евро таклиф қилди. Клублар битимнинг якуний тафсилотларини муҳокама қилмоқда  5 15:55"Ньюкасл" Александр Исак ўрнига 4 нафар номзодни маъқуллади  1 15:23"Реал" уч нафар футболчисини сотишга тайёр  5 14:58ПСЖ ва "Тоттенхэм" собиқ футболчиси "Персеполис"га ўтиши мумкин  3 14:16ПСЖ ўзига янги дарвозабон топди  0 13:38Феликс 44 млн фунт эвазига "Челси"дан Саудия Арабистони клубига ўтишга яқин  2 13:04Салиба "Реал"нинг қизиқиши фонида келажаги борасида қарор қабул қилди  7 12:23Брунунинг дубли МЮга АҚШдаги ўртоқлик ўйинида "Вест Хэм" устидан ғалаба келтирди  1

Vadim Abramov "Paxtakor" bilan o'yin haqida: "MTJ va o'smirlar jamoasi o'ynagandek tasavvur uyg'ondi" Yangiliklar

Vadim Abramov "Paxtakor" bilan o'yin haqida: "MTJ va o'smirlar jamoasi o'ynagandek tasavvur uyg'ondi"

"Bunyodkor" bosh murabbiyi Vadim Abramov "Paxtakor"ga qarshi bahsdan so'ng (1:2) o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"O'yinda yutqazdik. "Paxtakor" bizdan yaxshi o'ynadi va haqli ravishda g'alaba qozondi. Futbol shunday o'yin. Unda har narsa bo'lishi mumkin. Ikkinchi o'yinda mag'lub bo'ldik. G'alaba qozonib ochko ishlash vaqti keldi deb o'ylayman. 

Nazorat o'yinlarida boshqa tarkib, asosiy uchrashuvlarda umuman boshqa tarkib bilan harakat qildik. Bizga vaqt kerak. Mashg'ulotlarga ko'p narsa bog'liq. O'ylaymanki, Lutfullo To'raev qaytganidan so'ng yoshlar ham boshqacha o'yin ko'rsata boshlaydilar. 

O'yindan-o'yinga yangi nomlarga ishonch bildiramiz. Bugun huddi milliy terma jamoaga qarshi o'smirlar jamoasi o'ynagandek tasavvur uyg'ondi. Umid qilamanki, ikkinchi davragacha barchasi joyiga tushib ketadi va "Paxtakor"ga munosib qarshilik ko'rsata oladigan bo'lamiz. 

Lutfullo To'raev keyingi turda bizga yordam bera oladi deb umid qilaman. 

Yangi legionerlar? Barchasi moliyaviy masalalarga bog'liq. SHuningdek, rahbariyat tomonidan qo'yiladigan vazifaga ham ko'p narsa bog'liq. Agar ular qo'l ostimizdagi yosh futbolchilar bilan maqsadga erishishni rejalashtirisa biz shu yo'ldan boramiz. Agar sovrindorlar orasidan o'rin olish vazifasi qo'yilsa albatta tarkibni kuchaytirishimiz lozim bo'ladi. Agar shunchaki chiroyli o'yin ko'rsatib, yoshlarga etibor qaratadigan bo'lsak bu boshqacha bo'ladi. Agar legioner bo'lsa bizning futbolchilardan bir bosh baland bo'lishi lozim. 

Vazifamiz avvalgi yildan yomon bo'lmagan natijani qayd etishdir. SHundoq ham birinchi davrada endi xech kimni ro'yxatdan o'tkaza olmaymiz. 

O'yinda kamchiliklar ko'p. Birinchi uchrashuvda bizga omad etishmagandi. Yosh futbolchimiz xato qilib qo'ygandi. Bu barchada bo'ladigan holat. Bugun esa "Paxtakor" kuchli edi. Futbolchilarga o'ziga bo'lgan ishonch kerak. Agar yaxshi o'ynab, mag'lub bo'ladigan bo'lsa bu xech kimni qoniqtirmaydi. Ammo, bugun o'yinimiz umuman yoqmadi", - dedi Vadim Abramov. 

Reyting: +39   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика