Vadim Abramov: "OCHLdagi ilk g'alabadan xursandmiz"
08 apr 2015 18:10
Yangiliklar
Vadim Abramov: "OCHLdagi ilk g'alabadan xursandmiz"
"Lokomotiv" o'z tarixida ilk bor OCHLda g'alaba qozondi. Bu xursand qilmay qo'ymaydi. Agar bugun pley off o'yini bo'lganida g'alaba qiymati ancha yuqori bo'lardi. Ammo biz faqatgina 3 ochko oldik xolos. O'tgan o'yindagi mag'lubiyat tasodifligini isbotlay olganimizdan xursandmiz", - deydi Abramov.
"Murabbiy fikrlariga qo'shilaman. G'alaba qozonish doim yoqimli. Keyingi o'yinlarda ham shunday o'ynashga harakat qilamiz", - deydi o'yinning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan Marat Bikmaev.
- Keyingi uchrashuvda Islom To'xtaxo'jaev maydonga tusha olmaydi. Bu rejalaringizga tasir qiladimi?
- Albatta, bu rejalarga tasir qiladi. Lekin juda ko'p oddiy holatlarda sariq olayapmiz. Bu borada futbolchilar bilan gaplashib olamiz. Demak uning o'rnida boshqa futbolchi o'ynaydi.
- Ikrom Aliboev sizning ishonchingizni oqladimi?
- OCHLdagi ilk o'yin uchun yaxshi o'ynadi. Albatta uchrashuv boshida u hayajonlandi, lekin o'yini yaxshi bo'ldi.
- So'nggi yillarda u qadar yorqin o'yin ko'rsatmayotgandingiz. "So'g'diyona"ga gol urdingiz, bugun ikkita to'p kiritdingiz. Marat Bikmaev qaytdimi?
Marat Bikmaev: - Jarohat tufayli uzoq muddat maydonga tusha olmadim. Endi-endi safga qaytayapman.
- Nesterovni nima uchun bugun maydonga tushurmadingiz? "Al Hilol" va "Fulad" uchrashuvidan qanday natija kutayapsiz?
- Mamur Ikromovga yana bir imkoniyat berishga qaror qildim. Bugun gol o'tkazmaganidan xursandman. "Al Hilol" va "Fulad" uchrashuvida durang bo'lsa yaxshi...
Narzulla Saydullaev
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar