So’nggi yangiliklar

00:54Расман: "Вильярреал" ва "Барса" ўртасидаги Ла Лига ўйини Майамида ўтказилади  2 00:28ЖЧ саралаши. Саудия Арабистони Индонезияни қийинчилик билан мағлубиятга учратди  13 23:40Ўзбекистон – Кувайт учрашувини бошқариб борувчи ҳакамлар маълум  4 23:25Миср ўз тарихида тўртинчи бор Жаҳон чемпионати йўлланмасини қўлга киритди  0 23:16Расман: Консейсау "Ал Иттиҳод"га бош мураббий этиб тайинланди. Клуб қишда "Насаф"га қарши майдонга тушади  1 22:54Ўзбекистон термасининг Кувайтга қарши расмий машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  3 22:30Ўзбекистон терма жамоаси Кувайтга қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотини ўтказди  1 22:11ЖЧ саралаши. Ўмон Доҳада Қатар билан дуранг ўйнади  15 21:37Осиёда ЖЧ саралашининг тўртинчи босқичи бошланди. Бу ҳақда нималарни билишимиз лозим?  37 21:01"Реал" "Сантьяго Бернабеу" стадиони номини ўзгартириши мумкин  1 20:38Ансу Фати Францияда рекорд натижа қайд этди  6 19:40Ҳожимат Эркинов ЖЧда қайси жамоалар билан рўбарў келишни хоҳлайди?  12 18:43Кувайт терма жамоаси бош мураббийи: "Мен ЎФА шорт-листида бўлганман?"  8 18:19"Реал" футболчиси Испания терма жамоаси сафида жароҳат олди  3 17:40Сайфиев ва Ҳамробековлар терма жамоа машғулотида иштирок этишмади  3

Vadim Abramov: Noto'g'ri o'ynadik, ketma-ket ikki o'yinda ham odatdagi o'yinimizni ko'rsata olmaganimiz meni ko'proq bezovta qiladi Yangiliklar

Vadim Abramov: Noto'g'ri o'ynadik, ketma-ket ikki o'yinda ham odatdagi o'yinimizni ko'rsata olmaganimiz meni ko'proq bezovta qiladi

Superliga 14-turining qoldirilgan o'yini doirasidagi Dinamo - Navbahor (0:1) uchrashuvidan keyin Vadim Abramov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- Afsuski, bugun noto'g'ri o'ynadik. Hammasidan ham meni bezovta qilayotgani – ketma-ket ikkinchi uchrashuvimizda ham o'yinimiz chiqmagani va biz vaziyat yaratishda oqsayapmiz. O'yinni golsiz yakunladik, anchadan buyon bunaqa bo'lmagandi. Bugun gol o'tkazib yuborganimizda ham xotirjam edim, sababi avvalgi o'yinlardagidek gol urib, vaziyatni o'nglay olishimizga odatlanganman. Ammo g'alati gol o'tkazib yuborganimizdan keyin gol ura olmadik. O'ylaymanki, biz noto'g'ri o'ynadik va aytarli golli vaziyat yarata olmadik. Raqib esa butun jamoa bo'lib, himoyada o'ynadi va bunday o'yinda gol urish qiyin edi. Birinchi bo'limda juda yomon o'ynadik, ikkinchi bo'limda esa bosim uyushtirib, hujum qildik, biroq hal qiluvchi uzatmalar bo'lmadi. Afsuski, yakunda mag'lub bo'ldik. Stadionga kelgan muxlislardan uzr so'ragan bo'lardim, ularning ishonchini oqlay olmadik. Bugun har qanday holatda ham g'alaba qozonishimiz talab etilardi, ammo oldindan g'alaba qozonish haqida o'ylaganingda mana shunday bo'ladi, - deya gap boshladi Vadim Karlenovich 

- Anvarjon Hojimirzaev 1-goldagi xatodan keyin koncentraciyani biroz yo'qotgandek bo'ldi...

- Bu futbol. Bu xato emas, to'p unga kelganda uzoqlashtirmoqchi edi. Bu vaziyatda himoyachilar ham diqqat etiborni yo'qotishdi. Rikoshetdan keyin esa vaziyat gol bilan tugadi. Bu qanchalik unga tasir qilganini bilmayman, ammo u betobligi sababli bungacha bir qancha mashg'ulotlarni o'tkazib yuborgan edi. SHu bois, u bazida o'yin ritmidan chiqib qolgandek bo'ldi. Bugun uning ham, jamoaning ham kuni bo'lmadi. 

- Ketma-ket ikkinchi o'yinda ham Kojoning yo'qligi tasir qildimi? Har holda Kojo bo'lganda Anvarga ko'proq hudud ochilar va vaziyatlar yaratilardi...

- Mag'lubiyatga uchraganda ko'p sabablarni keltirish mumkin. Albatta, Kojo singari hujumchiga himoyachilar ko'proq etibor berishadi va bu Anvarga ham erkinlik paydo qilgan bo'lishi mumkin. Ammo hozir gap Kojoning yo'qligi yoki boshqa masalada emas – biz oxirgi o'yinlarda noto'g'ri o'ynayapmiz. Hamma gap shunda. O'yinimiz ustida ishlashimiz kerak.

- Bugun Superligada debyut qilgan Firdavs Abdurahmonov Andrey Pyatnickiy qo'l ostidagi o'rinbosarlar jamoasida o'zini ko'rsatishni boshlagandi. Yoshlar jamoasi va uning o'yinidan qanchalik qoniqdingiz?

- Yoshlarimiz yuqori o'rinlarda borayotgani quvonarli va ular safidan bugun Firdavsni sinab ko'rdik. U debyutida yomon harakat qilmadi, uning kelajagi bor. Eng asosiysi – Abdurahmonovning buyog'iga o'z ustida qanday ishlashi. CHunki Abdurahmonov va qolgan yoshlar – Samarqand futbolining kelajagi. Yosh o'yinchilarni jalb etish ustida ishlaymiz.

- Kelasi turda turnir peshqadami «Nasaf»ga qarshi uchrashuv kutib turibdi...

- Ha, orada katta tanaffus yuzaga keladi va 28 oktyabr kungi «Nasaf» bilan o'yinga tayyorgarlik ko'ramiz. Meni hayron qoldiradigan jihati – «Nasaf» 30ta gol urib peshqadam, biz esa 30ta gol bilan 7-o'rindamiz...

- Kecha o'yin oldi mashg'ulotlarda futbolchilarning «Dinamo» stadionida shug'ullanishi masalasida muammo borligini ko'rdik...

- Ochig'i, bu holat men uchun kulguli. Bizga bemalol tayyorgarlik ko'rish uchun maydonni berishmasa, «Dinamo» stadionidagi maydonni o'zi kim uchun tayyorlashdi, buni bilmaymiz. Bunga hattoki izoh ham bera olmayman, chunki nega bunday bo'layotganini bilmayman. Bu menga bog'liq bo'lmagan masala, menimcha, buni rahbariyat bizga tushuntirishi kerak. Agar bu maydon biz uchun bo'lmasa, bizga aytishlari kerak, biz bu erda shug'ullanmasdik. O'yingacha boshqa maydonda shug'ullanamiz, o'yinda esa bu erda to'p suramiz, bu ham tasir qiladi.

- «Paxtakor»ga qarshi o'yinda hakamlikdagi xatolarga qaramay, o'sha o'yinda VAR hakami bo'lib ishlagan hakam bugun yana «Dinamo» o'yinida VAR hakami sifatida ishladi. Buni qanday tushunish mumkin, o'sha vaziyatlar bo'yicha nima deya olasiz?

- «Paxtakor» bilan o'yinda raqibning 1-goli inobatga olingan vaziyatda ularda bu texnika ishlamagani haqida eshitdim. Ammo menga telefondan ko'rsatishgandayoq, bu texnika yordamisiz ham “o'yindan tashqari holati” ekani yaqqol ko'rinib turgandi. Televizor orqali shunchaki takrorini ko'rganda ham ofsayd ekani ko'rinib turgandi. VARda ular bir necha daqiqa bu vaziyatni ko'rib chiqishdi. O'sha vaziyatda biz CHeranning goli bekor qilinishiga shubha qilmagandik. Hakamlar esa afsuski, golni inobatga olishdi. 

Keyin esa to'p qo'lga tekkan paytda darvozamizga belgilangan penalti haqida. Mana, O'zbekiston milliy jamoasining o'yinida to'p qo'lga tekkanda, penalti bekor qilindi, bizning darvozamizga esa qo'yildi.

Hakamlikni muhokama qilishni istamayman, ammo meni hakamlarning xatosidan ham ko'ra, VARning ishi ko'proq o'ylantiradi. Mana, masalan, O'zbekiston kubogi finalida, milliy jamoamiz o'yinida xorijlik hakamlar ishlashdi. Ko'rdik, VARga bog'liq vaziyatlarda juda tez qaror qabul qilishdi. Ochig'i, bizda internet shunaqa ishlagani uchun, VAR ham shunday ishlasa, kerak deb o'ylardim. Ammo xorijlik hakamlar ham O'zbekistonda turib VARda shunday ishlashdi. Bizning o'yinlarda to'p maydondan chiqib ketsa ham, VAR qaysidir vaziyatni ko'rishi uchun kutamiz, tushunarsiz to'xtalishlar yuzaga kelaveradi. Bu esa har qanday o'yinning ritmiga tasir qiladi. VAR bizda vaziyatlarni nega uzoq ko'rib chiqishi men uchun tushunarsiz va meni o'ylantiradi, - dedi Vadim Abramov jurnalistlarning savollariga javoban.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика