Vadim Abramov nima uchun Toshkentdagi o'yinni eslashni istamadi? (matbuot anjumani)
14 iyu 2021 18:39
Yangiliklar
Vadim Abramov nima uchun Toshkentdagi o'yinni eslashni istamadi? (matbuot anjumani)
- Hamma tushunib turibdi, ertaga juda muhim uchrashuv bo'ladi. Tayyorgarlik yaxshi o'tdi. Jarohatlar yo'q. Qum bo'roni sabab kecha maydonda mashg'ulot o'tkaza olmadik. Lekin, bilishimcha raqiblarimiz ham maydonga chiqa olmadi. SHuning uchun bu muammo ikkimizga ham tegishli.
- Saudiya Arabistoni terma jamoasi haqida faqat ijobiy fikr bildira olaman. Ulardan ehtiyot bo'lish normal holat. Lekin, Toshkentdagi o'yinni eslashni xohlamasdim. CHunki o'shandagi natija o'yinga mos bo'lmagan. Ertangi uchrashuv qaysi terma jamoa katta ekanligini ko'rsatadi.
- Dastlabki ikki o'yindagi stadionimizda chim o'ziga hos edi, teparoq edi. To'p harakati sekinlashdi. Bugun mana yangi stadionni ko'ramiz. Saudiyaning o'yin videolarini ko'rib chiqqanimda amin bo'ldimki, bu erda chim holati qulay. Bu bilan bog'liq muammo bo'lmasa kerak.
Evre Renar — eng muhim o'yin, O'zbekiston terma jamoasi va Al Dovsari haqida gapirdi
Fikrlar