So’nggi yangiliklar

00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  0 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  2 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  4 23:28"Барселона" Фликни бош мураббий сифатида таништирди  10 23:01Ўзбекистонлик ўсмирлар Японияни тор-мор этди  8 22:44Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ легионери терма жамоа ихтиёрини вақтинчалик тарк этди  17 22:22Ўртоқлик ўйини. Бразилиялик футболчини кўрикдан ўтказаётган "Динамо" "Бунёдкор"ни мағлуб этди  6 22:05"Ювентус" ўз футболчисини "Борнмут"га 18 миллион еврога сотади  1 21:48"Реал" Кепа эвазига Лунинни "Челси"га қўйиб юборишга тайёр  2 21:31Гвардиола "Реал Мадрид" футболчилари "Олтин тўп"га фаворит эканлигини айтди  16 21:14Франциянинг 6 карра чемпиони профессионал клуб мақомидан маҳрум қилинди  5 20:57УEФА Евро-2024 ўйинларида мухлисларни ирқчилик ва камситувчи хатти-ҳаракатлари учун етти давлатни жаримага тортди  3 20:30Назорат учрашуви. Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Суперлига клубига ютқазди  2 20:13Париж-2024. Рақиб футбол жамоаси машғулот майдонига дрон учирган мамлакат ходимлари турнирдан четлатилди  0 19:55Азмун БАА клубига ўтади  13

Vadim Abramov "Navbahor" bilan o'yin, uy jamoasi va "lochinlar" safida MTJga nomzod futbolchi haqida gapirdi Yangiliklar

Vadim Abramov "Navbahor" bilan o'yin, uy jamoasi va "lochinlar" safida MTJga nomzod futbolchi haqida gapirdi

"Bunyodkor" - "Navbahor" o'yinidan so'ng (3:1) mezbonlar ustozi Vadim Abramov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.




"O'yinda ikki hil taym ko'rdik. Birinchi va ikkinchi taym umuman boshqacha bo'ldi. Birinchi bo'limda uchinchi golni ham kiritishimiz mumkin edi. Afsuski, imkoniyatdan foydalana olmadik. Ikkinchi bo'limda esa raqib tashabbusni qo'liga oldi. "Navbahor" safida tajribali yigitlar etarlicha. 

Mana shunday vaziyatda ham o'zlarida kuch topib, uchinchi golni kirita olgan yigitlarimizga minnatdorchilik bildiramiz. Raqibga qarshi o'tgan yilgi o'yinimiz ham deyarli shunday scenariy asosida kechgandi", - deya so'z boshladi Abramov.

SHundan so'ng OAV vakillari o'zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi. 

-Sardor Abduraimov va Bahodir Pardaev mavsum avvalida OCHLda o'ynashgandi. Keyin esa zaxiraga o'tirib qolishdi. Ular qanday maqsadda jamoa tarkibiga qo'shib olingandi?

-CHempionat davomida hali zaxira kerak bo'ladi. Biz rotaciya qilishimiz kerak. Siz sanab o'tgan yigitlar tajribali. Ular ikkinchi bo'limda maydonga tushib, o'yinimizni o'zgartirishdi. Bizda barcha futbolchilar maydonga tushishadi va o'yinni kuchaytira olishadi. 

-"Navbahor"ni yaxshi o'rganganmidingiz?

-Biz barcha raqiblarni o'rganamiz, ularni hurmat qilamiz. Jamoaning o'yin uslubi bizga tanish edi. Ular birinchi bo'limda qanday o'ynashini sezgandik. Raqibda tajribali murabbiy bor. O'yin raqibga qarab davom etadi. Ular birinchi bo'limda bizga imkon berishdi, ikkinchi taymda esa o'zlariga kelib olishdi. Umuman aytadigan bo'lsam, bugun omadimiz keldi. 


-"Bunyodkor" uy jamoasiga aylanib qolmoqda. Safarda jamoaga nima etishmayapti?

-To'g'ri. Agar javobini bilganimda... Balki javobni siz bilarsiz? Bu ruxiyat bilan bog'liq. Sen ehtiyotkor bo'lishni boshlasang, xato qilishni boshlaysan. Ular pressing qila boshlashdi, bungacha o'yinni nazorat qilgan yigitlar esa xatolar qilishdi. Barchasi tezda o'zgarib ketdi. 

-Ikkinchi gol haqida qanday fikrdasiz? 

-Ushbu vaziyatda xech qanday o'yin qoidasi buzilishi bo'lmagandi. Raqiblar etiroz bildira boshlashganida hayron qoldim. Balki TV orqali bu yaxshi ko'ringandir. "Navbahor" biroz qo'pol o'ynadi, futbolchimiz ham jarohat oldi. Uning burni sindi. Ikkinchi o'yinda ham jarohat olmoqda. Bu achinarli. 


-Kelasi turda "Buxoro" bilan o'ynaydi. Muborakdagi maydon holatidan kelib chiqsak, jamoa bunga tayyormi?

-Ha, biz "Mashal" stadionida o'ynaymiz. U erdagi holatni bilamiz. "Mashal" doimo maydon chimini kesmasdi. Bu savolni PFLga berish kerak. Bunday narsalarni nazorat qiladigan shaxslar bor. Futbol tomoshabinlar uchun. Futbol shunday o'yin - maydonga tushib o'ynash kerak. 

-"Navbahor"da O'zbekiston milliy terma jamoasiga mos futbolchilar bormi?

-Albatta bor. Ularni klubdagi o'yinidan kelib chiqqan holda jamoaga taklif qilamiz. Termizliklar safida ham yaxshi yigitlar bor. Hozir ularning ism-familiyasini aytib o'tirmoqchi emasman. Ularni kuzatib boryapman. Vaqti kelganida barchasini bilib olasiz. Umid qilamanki, pandemiya tugaganida kimni kuzatayotganimni bilib olasiz. "Navbahor"da men kuzatgan futbolchi bugun juda yaxshi harakat qildi.

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика