Vadim Abramov: "Nasaf" yaxshi jamoa, ammo biz bu o'yinni ochko yo'qotdik deb hisoblaymiz"
25 may 2024 23:03
Yangiliklar
Vadim Abramov: "Nasaf" yaxshi jamoa, ammo biz bu o'yinni ochko yo'qotdik deb hisoblaymiz"
O'yin haqida
- Murabbiylar uchun og'ir o'tgan o'yin bo'ldi. Mezbonlar qizil kartochkadan so'ng bir kishi kam bo'lib qolishdi. Biroq, biz bundan unumli foydalana olmadik. Yaxshi futbol ko'rsatdik, ammo o'z darvozamizdan to'p o'tkazib yubordik. Javob golini kiritdik, yakun durang bilan tugadi. G'alaba qozona olmadik.
- Dilshod Rahmatullaev maydonga tushirilgach, negadir yana almashtirildi. Bunga sabab nima?
- Men Rahmatullaevning imkoniyatlarini yaxshi bilaman. U bizga zarur bo'lgani uchun maydonga tushirdik. Biroq, futbolda hamma narsa har doim siz istagandek bo'lavermaydi. Unda ozroq o'yinga qo'shilib keta olmaslik holati kuzatildi. SHu bois almashtirdik.
- Sizningcha, "Dinamo" bugun 2 ochko yo'qotdimi yoki 1 ochko ishlab oldimi?
- Raqib safida futbolchi chetlatilgan ekan, ochko yo'qotdik deb hisoblaymiz. "Nasaf" yaxshi jamoa, biroq biz juda ko'p vaqt mobaynida maydonda bir kishi ko'proq harakat qildik. Hokkeyda qandaydir ikki daqiqa juda ko'p narsani hal qilishi mumkin. Biz bugun g'alaba qozonish imkoniyati paydo bo'lgan o'yinda imkoniyatdan foydalana olmadik.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar