So’nggi yangiliklar

15:10Суперлига. Ёзги трансферлар барчаси битта саҳифада. Кимда қандай ўзгариш?  19 15:04Расман: "Арсенал" собиқ ярим ҳимоячиси АПЛга қайтди  0 14:38"Рома" ҳужумчиси фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  0 14:10Расман: Луис Диас – "Бавария" футболчиси  6 13:54"Насаф"га ганалик хавбек келмоқда  8 12:39"Футболчи учун жароҳатдан-да хавфли муаммо бор"  1 12:35"Камп Ноу"да чим ётқизиш ишлари бошланди  0 12:15Эрон матбуоти: Машарипов жароҳат олди  4 12:04"Нефтчи" U-20 Жаҳон чемпионатида иккита гол урган футболчи билан шартнома тузди  2 11:42Отабек Нарзуллаев — "Машъал" янги бош мураббийи  1 11:36Ўзбекистон U-21 октябрь ойида Қозоғистон U-21 билан ўйнайди  2 11:12Расман: Шаҳзод Азмиддинов - “Андижон” футболчиси  5 11:02Расман: ️Ҳамидулло Абдунабиев — ️ОКМК футболчиси  1 10:23Сон Хён Мин фаолиятини АҚШда давом эттиришга яқин  2 09:50Зайниддин Тожиев Пролига жамоасида иш бошлади  3

Vadim Abramov - Murtozaev, Xolmuhammedov va "Al Zavra" bilan o'yin boshqa kunga ko'chirilishi mumkinligi haqida Yangiliklar

Vadim Abramov - Murtozaev, Xolmuhammedov va "Al Zavra" bilan o'yin boshqa kunga ko'chirilishi mumkinligi haqida

"Bunyodkor" klubi yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

Jamoa bugun ikkiga bo'lingan holda o'yin o'tkazdi. Ushbu uchrashuvdan so'ng bosh murabbiy Vadim Abramov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"20 dekabr kuni yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlagandik. Yangi yil bayramidan so'ng mashg'ulotlar davom ettirildi. Biz Osiyo chempionlar ligasi saralashida o'ynaymiz, shu bois yanvar oyi boshidan ikki mahaldan mashg'ulot o'tkazayapmiz. Nasib qilsa ertaga, 7 yanvar kuni BAAga uchib ketamiz. U erda yanada jiddiyroq ishlaymiz. Olimpiya terma jamoasiga 5 nafar futbolchimiz ketgani bois tarkibimizda o'zgarishlar ko'p. Olimpiya terma jamoamizga omad tilaymiz, musobaqa oxirigacha Tailandda bo'lishlarini xohlaymiz. Ular o'z vazifalarini, biz esa bu erda o'z vazifamizni bajarishga harakat qilamiz.



Hozircha yangilar haqida nimadir deyish qiyin. Bu futbolchilarni juda yaxshi bilaman. Yig'inlar davomida ular jamoamizga tezroq qo'shilib ketishlarini kutamiz. Humoyun Murtozaevni terma jamoaga chaqirganimda shaxsan tanishgandim. Uni va Sardor Abduraimovni "Nasaf"dagi o'yinlari orqali yaxshi bilamiz. Murod Xolmuhammedov tajribali himoyachi, terma jamoa yig'inida u ham o'zini yaxshi tomonlama ko'rsata olgandi. Kim kuchli bo'lsa o'sha maydonga tushadi.

Hozir tarkibimizdagi barcha futbolchilar bilan BAAga uchamiz. 21 yanvar kungi "Al Zavra" bilan o'yinga tayyorgarlik ko'ramiz. Eshitishimga qaraganda o'yinni 22 yanvarga ko'chirishlari mumkin ekan. Buni uchrashuvga yaqin qolganida bilib olamiz", - deydi Vadim Abramov.


Abdulaziz Iskandarov yozib oldi

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика