So’nggi yangiliklar

22:13Расман: "Лион" Эндрикни "Реал"дан ижарага олди  0 21:59Элит ОЧЛ. "Ал Иттиҳод" – "Насаф": Бензема ва Канте асосий таркибда!  4 21:34ФИФА "Ал Насср"га қўйилган трансфер тақиқини бекор қилди  3 21:09"Бавария" етакчиси Австрияни забт этди  0 20:42Futsal Awards-2025 маросими ўтказилади  0 20:25"Рома" МЮ ҳужумчисини қўлга киритишга яқин  2 19:58"Барселона" Тер Штегеннинг келажаги бўйича қарор қабул қилди  1 19:30Апелляция иш берди: ПСЖ футболчисининг жазоси енгиллашди  3 19:02"Динамо" бразилиялик футболчиси билан хайрлашди  1 18:34"Нефтчи" , "Пахтакор", "Динамо" ва "Навбаҳор" футболчилари жаримага тортилди — Тартиб-интизом қўмитаси  8 18:08Аморим "Манчестер Юнайтед"нинг қишки трансфер бозоридаги позициясини очиқлади  5 17:48TVCOM'да бугунги тақвим: “Насаф” юлдузли “Ал-Иттиҳод”га қарши, “Арсенал” Лига Кубогида ва бошқалар  0 17:41"Динамо" БААда йиғин ўтказади  2 17:13Неймар операцияни бошдан кечирди  4 16:46"Андижон" "Ал Аҳли"га қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум қилинди  5

Vadim Abramov: "Meni chetlatishdimi? Buni endi sizdan eshityapman" Yangiliklar

Vadim Abramov: "Meni chetlatishdimi? Buni endi sizdan eshityapman"

Teglar :  Vadim Abramovo'ff
Sal avvalroq O'FF rasmiy sayti "Neftchi" bosh murabbiyi Vadim Abramovni nomalum muddatga chetlatgani haqida xabar berdi.

Bu xabarni o'qib biz ham lol qoldik va nima sababdan degan savol yuzaga keldi. SHundan so'ng Abramov bilan bog'lanib uning fikrlari bilan qiziqdik.

- Meni chetlatishdimi? Bu hazilmi yo chinmi? Mening xabarim yo'q. Buni endi birinchi marta sizdan eshitib turibman, - dedi Vadim Karlenovich hayron bo'lib. - To'g'risi, nima uchun futboldan chetlatilganimni bilmayman. 

- Sizni O'FF va PFL shaniga noto'g'ri fikrlar bildirgan deb yozilgan.

- Ha, shundaymi? Biz - futbol kishilarimiz. Futbolda har kimning o'z fikrini aytishga haqqi yo'qmi? Kecha PFLda yig'ilish bo'ldi. Unda men ham qatnashdim. Bir-ikkita gapga o'z munosabatimni bildirdim. Eshitgan bo'lsangiz kerak, keyingi yil oliy va birinchi ligada o'ynash uchun futbolchilar normativ topshiradi. Normativ juda murakkab tuzilgan, uni hatto Bobbi CHarlton ham topshirolmasdi. Men PFLning bazi qarorlari bo'yicha o'z fikrimni aytdim, balki bironta gapim yoqmagan bo'lishi mumkin.

- Endi federaciyaga borib masalaga oydinlik kiritsangiz kerak?

- Albatta, boraman. Kimgadir gaplarim yoqmagan bo'lsa, kechaning o'zida yuzimga aytishsa bo'lardi. Endi federaciyaga o'tib tushuntirish berishlarini so'rayman. Agar hamma meni o'zbek futboli uchun keraksiz odam deb hisoblasa, buning uchun meni chetlatishlari shart emas, o'zimga aytishsa indamay futboldan ketaman.

X.Xoliqov suhbatlashdi.

Reyting: +521   
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика