Vadim Abramov: "Javob o'yinida imkoniyatlarimizdan foydalanishga harakat qilamiz"
12 avg 2015 21:46
Yangiliklar


Vadim Abramov: "Javob o'yinida imkoniyatlarimizdan foydalanishga harakat qilamiz"
"O'yin haqida nima ham derdim. Yutqazdik. Oldimizda javob uchrashuvi bor. "Nasaf" bugun yaxshi o'ynadi va g'alaba qozondi. Hali imkoniyatlarimiz bor va javob uchrashuvida biz oxirigacha kurashamiz. Albatta, 2:0 juda yaxshi hisob. Lekin endi boshqa choramiz yo'q. Javob bahsida barcha imkoniyatlarni ishga solamiz", - dedi Vadim Abramov.
- Ikkinchi bo'limda hujumchini emas, yarim himoyachini maydonga tushirdingiz. Qaydnomada ikki nafar hujumchi bor edi. Hujumchini maydonga tushirmaganingizni sababi nimada?
- Kamchilik bilan harakat qilganimiz bois, oldinga borishga tavakkal qilmadim. Aks holda aniq yana gol o'tkazib yuborardik. SHuningdek, Lutfulla To'raev bugun yaxshi o'ynay olmadi. SHu bois ham vaziyatdan kelib chiqib, maydon markazini kuchaytirish maqsadida o'rta chiziq vakilini maydonga tushirdim.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar