Vadim Abramov izoh berdi
12 sen 2019 15:24
Yangiliklar


Vadim Abramov izoh berdi
So'nggi kunlarda "Bunyodkor" klubi ustozi Vadim Abramovning terma jamoaga bosh murabbiy bo'lishi mumkinligi haqidagi xabarlar tarqaldi.
Biz masalaga oydinlik kiritish maqsadida murabbiyga murojaat qildik.
"Bunday xabarlarni o'qidim. Lekin rostini aytaman terma jamoa bosh murabbiyini tayinlashga masul bo'lgan rasmiy shaxslardan hech kim men bilan aloqaga chiqqani yo'q. Muzokara ham o'tkazganim yo'q. Ayni paytda bor etiborimni "Bunyodkor"dagi faoliyatimga qaratganman", - deydi Vadim Abramov championat.asia sayti muxbiriga.
Eslatib o'tamiz, bugungi kunda O'zbekiston terma jamoasini argentinalik Ektor Kuper boshqarib bormoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar