So’nggi yangiliklar

14:03Рики Пуч тиззасидан олган жароҳати туфайли 2026 йилни ўтказиб юбориши мумкин  0 13:20Фонсека: "Эндрик 90 дақиқа ўйнашга тайёр эмас"  0 12:41"Атлетико" футболчиси Италияга йўл олмоқда  0 12:20"Нидерландияга қарши ЖЧ-1998 ярим финалида 32 кг га озганман"  5 12:00Бугунги ўйинлар: Каталония дербиси, "Селтик" — "Рейнжерс" ва бошқалар  0 11:50Тонали АПЛнинг топ клубига ўтиши мумкин  1 11:22Канселу "Барселона"га қайтмоқчи  2 10:22"Ювентус" "Атлетико" ҳужумчисига қизиқиш билдирмоқда  2 09:53"Фиорентина" "Тоттенхэм" футболчисини ижарага олди  0 09:24АПЛнинг мухлислар талқинига кўра йил рамзий термаси эълон қилинди  5 08:55Sofascore талқинига кўра топ-5 лигалардаги энг яхши футболчилардан тузилган рамзий жамоа эълон қилинди  3 08:26Роберто Карлос касалхонадан чиқди  0 07:59Sofascore. Шукуров ва Мозговой неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 07:30Алижонов Эрон клуби билан келишувга эришди  12 02:40А Серия. "Милан" Сардинияда ғалабага эришди  3

Vadim Abramov: “Hojimirzaev terma jamoada o'ynay oladi” Yangiliklar

Vadim Abramov: “Hojimirzaev terma jamoada o'ynay oladi”

Superliganing 20-turidan o'rin olgan “Dinamo” - “Surxon” (3:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Vadim Abramov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Yaxshi o'yin bo'ldi. Qizil kartochkagacha va qizil kartochkadan keyingi holatlarda farq bo'ldi deb aytish mumkin. “Surxon” jamoasi ochiq futbol o'ynadi, birinchi golni urib olganimizdan so'ng uyog'iga bizda bo'sh hududlar ko'proq yuzaga keldi.

- Kojo bugun gol ura olmadi, shuningdek o'yin davomida sariq kartochka oldi. Bu borada fikringiz qanday?

- To'g'ri, bugungi o'yin bilan hisoblaganda Kojodagi kartochkalar soni 4 taga etdi va diskvalifikaciyaga uchraydi. Navbatdagi o'yinni o'tkazib yuborishiga to'g'ri keladi.

- Anvarjon Hojimirzaev Superligadagi 9-golini urdi. U hozir chempionatda to'purlar jadvalida etakchilar qatorida turgan mahalliy futbolchi. Milliy terma jamoadan chaqiruv olishga munosibmi sizningcha?

- Bu savolning javobini men bilmayman. Bu savol terma jamoa bosh murabbiyiga berilsa, to'g'ri bo'lardi. U haqiqatdan ham ajoyib o'yin namoyish etayapti.

- SHaxsiy fikringizcha, Hojimirzaev terma jamoa darajasidagi futbolchimi?

- Albatta, bunga shubha yo'q. Uning hozirgi darajasi terma jamoa talabiga javob beradi.

- Hislat Xalilov ketma-ket chiroyli gollarni kiritmoqda. Bu haqida fikringiz qanday?

- Hislat Xalilov ham terma jamoaga nomzod futbolchi. U o'yinlar davomida kutilmagan zarbalarni yo'llaydi va darvozani ishg'ol qiladi. Bugun ham chiroyli gol kiritdi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика