Vadim Abramov: G'alabaga yaqin edik va shunday bo'ldi
20 noy 2020 20:14
Yangiliklar
Vadim Abramov: G'alabaga yaqin edik va shunday bo'ldi
Coca Cola Superliganing 23-turidan o'rin olgan Metallurg - Bunyodkor (2:3) uchrashuvidan keyin mehmonlar ustozi Vadim Abramov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
- O'ylashimcha, bugungi bellashuv biz uchun kutilmaganda oson o'tdi. Tezkor gol urdik, o'yinni nazorat qildik. Keyin zaxiradagi futbolchilarni tushirdik, qandaydir xotirjamlik sababli oddiy vaziyatlarda ikkita gol o'tkazib yubordik. G'alabaga yaqin edik va amalda shunday bo'ldi. Fikrimcha, g'alaba osonlik bilan qo'lga kiritildi. Bunday uchrashuvlar bo'lib turadi. Navbatdagi bahslarda ham maydonga faqat g'alaba uchun chiqamiz. Ko'ramiz, turnir jadvalidagi holat qanday ko'rinish oladi. Asosiysi, bugun g'alaba qozondik, qolgani qanday davom etishini kuzatamiz.
Fikrlar