Vadim Abramov: "G'alabadan xursandman"
13 apr 2015 18:13
Yangiliklar


Vadim Abramov: "G'alabadan xursandman"
"Lokomotiv" - "Bunyodkor" uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanida Vadim Abramov qatnashdi.
"Omadimiz keldi g'olib bo'ldik. Raqibning xatolaridan foydalana oldik. G'alabadan xursandman", - deydi Abramov.
- "Lokomotiv" futbolchilari bugun anchayin kuchli o'ynashdi. Raqib maydonida pressing, tezkor qarshi hujumlar... Faqat bugungi o'yin uchunmi yoki bundan keyin ham shunday o'ynasizlarmi?
- Doim aytaman jamoa raqib imkon berganicha o'ynaydi. Bugun imkoniyatlarimiz ko'p bo'ldi.
- Yanichichning ahvoli qanday?
- Hozirdanoq biron nima deyish qiyin. Tibbiy tekshiruvdan so'ng malum bo'ladi.
- "Bunyodkor"dan qanday o'yin kutgandingiz?
- Menimcha ular Qatardagi o'yindan charchagan holda etib kelishdi. Bu ham tasir qilgani aniq.
- Dilshod Rahmatullaev nima uchun maydonga tushmayapti...
- Bu jamoadagi kuchli raqobat tufayli bo'lmoqda. Bu albatta murabbiy uchun yoqimli muammo.
- Marat Bikmaev "Al Sadd" bilan o'yinda qahramon bo'lgandi. Bugun esa maydonga tushmadi.
- Sababi Abduxoliqov oldin "Bunyodkor"da o'ynagan. Futbolchida ruhiyat bo'ladi. Bundan tashqari Temurxo'ja Maratga nisbatan chidamli.
Narzulla Saydullaev

Fikrlar